https://oz.sputniknews.uz/20220608/ozbekiston-fuqarolari-uchun-rossiyada-royxatdan-otish-muddati-uzaytirildi-25119454.html
O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyada ro‘yxatdan o‘tish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyada ro‘yxatdan o‘tish muddati uzaytirildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya fuqarolarni ro‘yxatga olish muddatini o‘zaro 15 kungacha uzaytirishdi. 08.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-08T13:57+0500
2022-06-08T13:57+0500
2023-04-05T18:37+0500
jamiyat
propiska
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/1c/19852307_0:179:3001:1867_1920x0_80_0_0_3c2a9141d8f03203f212cedbc9085aef.jpg
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekiston fuqarolari endi Rossiya Federatsiyasi hududida ro‘yxatdan o‘tmasdan 15 kun davomida yashashi mumkin. Xuddi shu shart O‘zbekistondagi Rossiya fuqarolariga ham tegishli. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida imzolangan bitim 4-iyundan rasman kuchga kirgan.Vaqtinchalik bo‘lish muddati bir tomon davlati fuqarosi boshqa tomon davlati hududiga kirgan kundan boshlab hisoblanadi. Unga boshqa tomon davlati hududiga kirishda chegara nazorati organlari tomonidan muhrlangan migratsiya kartasi (yoki davlat ro‘yxatidagi tegishli muhr bilan tasdiqlangan pasport) beriladi.Ma’lumot uchun, avvalgi tartibga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari yetti kun ichida, O‘zbekistondagi rossiyaliklar esa uch kun ichida ro‘yxatdan o‘tishi shart bo‘lgan.Rossiya IIVga ko‘ra, yangi qoidalar Rossiyaga kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari sonining ko‘payishiga va migratsiya nazorati samaradorligining pasayishiga olib kelmaydi.Hozirgi kunda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Armaniston fuqarolariga migratsiya ro‘yxatidan o‘tish uchun 15 kunlik muddat belgilangan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/1c/19852307_136:0:2865:2047_1920x0_80_0_0_4137dcb7da7c02904ede97fe284e150a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, propiska, o‘zbekiston, rossiya
jamiyat, propiska, o‘zbekiston, rossiya
O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyada ro‘yxatdan o‘tish muddati uzaytirildi
13:57 08.06.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) O‘zbekiston va Rossiya fuqarolarni ro‘yxatga olish muddatini o‘zaro 15 kungacha uzaytirishdi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekiston fuqarolari endi Rossiya Federatsiyasi hududida ro‘yxatdan o‘tmasdan 15 kun davomida yashashi mumkin. Xuddi shu shart O‘zbekistondagi Rossiya fuqarolariga ham tegishli. Bu haqda
“Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida imzolangan bitim 4-iyundan rasman kuchga kirgan.
“Mazkur bitimning 1-moddasiga muvofiq bir tomonning boshqa davlat hududida vaqtincha yashovchi fuqarolari 15 kun ichida kiruvchi davlatning vakolatli organlarida ro‘yxatdan o‘tish (yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish) majburiyatidan ozod qilinadi”, deyiladi xabarda.
Vaqtinchalik bo‘lish muddati bir tomon davlati fuqarosi boshqa tomon davlati hududiga kirgan kundan boshlab hisoblanadi. Unga boshqa tomon davlati hududiga kirishda chegara nazorati organlari tomonidan muhrlangan migratsiya kartasi (yoki davlat ro‘yxatidagi tegishli muhr bilan tasdiqlangan pasport) beriladi.
Ma’lumot uchun, avvalgi tartibga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari yetti kun ichida, O‘zbekistondagi rossiyaliklar esa uch kun ichida ro‘yxatdan o‘tishi shart bo‘lgan.
Rossiya IIVga ko‘ra, yangi qoidalar Rossiyaga kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari sonining ko‘payishiga va migratsiya nazorati samaradorligining pasayishiga olib kelmaydi.
Hozirgi kunda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Armaniston fuqarolariga migratsiya ro‘yxatidan o‘tish uchun 15 kunlik muddat belgilangan.