https://oz.sputniknews.uz/20220608/lavrov-rossiya-ukraina-gallasini-olib-chiqish-xavfsizligiga-kafolat-berishga-tayyor-25132107.html
Lavrov: Rossiya Ukraina g‘allasini olib chiqish xavfsizligiga kafolat berishga tayyor
Lavrov: Rossiya Ukraina g‘allasini olib chiqish xavfsizligiga kafolat berishga tayyor
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya vazirining so‘zlariga ko‘ra, buning uchun Ukraina portlarni minalardan tozalashi va o‘z portlaridan kemalar chiqishiga ruxsat berishi kerak. 08.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-08T16:01+0500
2022-06-08T16:01+0500
2022-06-08T16:01+0500
rossiya
sergey lavrov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/08/25131570_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_f8ef8313c7f37e71b05fb78f64343d1a.jpg
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Moskva Qora dengiz portlari orqali Ukraina g‘allasini olib chiqish xavfsizligi kafolatini rasmiylashtirishga tayyor. Bu haqda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov ma’lum qildi.Lavrov bu “Rossiya prezidenti kafilligi” ekanini qayd etib, ularni “u yoki boshqa usullar bilan rasmiylashtirishga” tayyorligini bildirdi.Rossiya vaziri agar bu muammolarni hal qilish uchun “Kiyev hukumati yetilsa”, Turkiya bilan hamkorlikda ish olib borilishi mumkinligini inkor qilmadi.Ukraina harbiylari chekinish oldidan minglab tonna donni yoqib yuborishdi - videoUkraina g‘allasini olib chiqish mavzusi dunyo oziq-ovqat bozorlaridagi vaziyat yomonlashishi ortidan so‘nggi haftalar davomida faol muhokama qilinmoqda. 3-iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadan g‘allani olib chiqishning 5 ta usulini ma’lum qilgan edi. Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, eng oddiy va arzon yo‘li bu Belarus hududi orqali olib chiqish. U yerdan donni dunyoning istalgan burchagiga yetkazib berish mumkin. Putin G‘arb mamlakatlarining go‘yoki Rossiya g‘allani olib chiqishga imkon bermayotgani haqidagi bayonotlarini quruq safsata deb atagandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/08/25131570_187:0:2918:2048_1920x0_80_0_0_fa6c331580402116c55d8d82c34538cd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, sergey lavrov
Lavrov: Rossiya Ukraina g‘allasini olib chiqish xavfsizligiga kafolat berishga tayyor
Rossiya vazirining so‘zlariga ko‘ra, buning uchun Ukraina portlarni minalardan tozalashi va o‘z portlaridan kemalar chiqishiga ruxsat berishi kerak.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Moskva Qora dengiz portlari orqali Ukraina g‘allasini olib chiqish xavfsizligi kafolatini rasmiylashtirishga tayyor. Bu haqda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov ma’lum qildi.
“Biz shunga o‘xshash yo‘nalishlar xavfsizligiga kafolat beramiz va agar Ukraina minalardan tozalasa va o‘z portlaridan kemalar chiqishiga ruxsat bersa, biz bu vaziyatdan o‘tkazilayotgan maxsus harbiy operatsiya manfaati yo‘lida foydalanmaslikka kafolat beramiz”, - dedi Lavrov Turkiyadagi matbuot anjumanida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirmoqda.
Lavrov bu “Rossiya prezidenti kafilligi” ekanini qayd etib, ularni “u yoki boshqa usullar bilan rasmiylashtirishga” tayyorligini bildirdi.
Rossiya vaziri agar bu muammolarni hal qilish uchun “Kiyev hukumati yetilsa”, Turkiya bilan hamkorlikda ish olib borilishi mumkinligini inkor qilmadi.
Ukraina g‘allasini olib chiqish mavzusi dunyo oziq-ovqat bozorlaridagi vaziyat yomonlashishi ortidan so‘nggi haftalar davomida faol muhokama qilinmoqda. 3-iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadan g‘allani olib chiqishning 5 ta usulini ma’lum qilgan edi. Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, eng oddiy va arzon yo‘li bu Belarus hududi orqali olib chiqish. U yerdan donni dunyoning istalgan burchagiga yetkazib berish mumkin. Putin G‘arb mamlakatlarining go‘yoki Rossiya g‘allani olib chiqishga imkon bermayotgani haqidagi bayonotlarini quruq safsata deb atagandi.