https://oz.sputniknews.uz/20220608/hokimliklarning-erni-ijaraga-berish-boyicha-vakolatlaridan-biri-bekor-qilindi-25116817.html
Hokimliklarning yerni ijaraga berish bo‘yicha vakolatlaridan biri bekor qilindi
Hokimliklarning yerni ijaraga berish bo‘yicha vakolatlaridan biri bekor qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Hokimliklarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish bo‘yicha ochiq elektron tanlov yakunlarini tasdiqlash vakolati bekor qilindi. 08.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-08T11:59+0500
2022-06-08T11:59+0500
2022-06-08T11:59+0500
yer ajratish
hokimlik
qonun
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/19/16072386_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_d23ccbd4b64949c03a0cfa1fe9502f09.jpg
TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti imzolagan qonun bilan amaldagi 20 dan ziyod qonun, jumladan 4 ta kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.Xususan, Yer kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, hokimliklarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish bo‘yicha ochiq elektron tanlov yakunlarini tasdiqlash vakolati chiqarib tashlandi.Endi yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatiga olingani to‘g‘risida Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan elektron ko‘chirma beriladi (ilgari guvohnoma).Shuningdek, yer uchastkasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganida Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlari yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan xabardor qilgandan keyin yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni bekor qilish haqida sudga da’vo arizasi kiritishi belgilandi.Bo‘sh turgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari fermer xo‘jaligini yuritish uchun ochiq elektron tanlov orqali beriladi (ilgari ochiq tanlov asosida).Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi fuqarolarga yakka tartibdagi bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilik uchun yer uchastkalarini ajratishga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/19/16072386_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_91ab6a981dcded997cf3549557e30874.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yer ajratish, hokimlik, qonun, jamiyat
yer ajratish, hokimlik, qonun, jamiyat
Hokimliklarning yerni ijaraga berish bo‘yicha vakolatlaridan biri bekor qilindi
Hokimliklarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish bo‘yicha ochiq elektron tanlov yakunlarini tasdiqlash vakolati bekor qilindi.
TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti imzolagan qonun bilan amaldagi 20 dan ziyod qonun, jumladan 4 ta kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritildi. Xususan, Yer kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, hokimliklarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish bo‘yicha ochiq elektron tanlov yakunlarini tasdiqlash vakolati chiqarib tashlandi.
Endi yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatiga olingani to‘g‘risida Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan elektron ko‘chirma beriladi (ilgari guvohnoma).
Shuningdek, yer uchastkasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganida Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlari yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan xabardor qilgandan keyin yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni bekor qilish haqida sudga da’vo arizasi kiritishi belgilandi.
Bo‘sh turgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari fermer xo‘jaligini yuritish uchun ochiq elektron tanlov orqali beriladi (ilgari ochiq tanlov asosida).
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi fuqarolarga yakka tartibdagi bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilik uchun yer uchastkalarini ajratishga nisbatan ham tatbiq etiladi.