Prezident ichki aviaqatnovlar uchun loukosterlarni jalb qilish vazifasini topshirdi

© Sputnik / Vladimir Sergeev / Mediabankka o‘tishPassajirskiy samolet v nebe nad Moskvoy
Passajirskiy samolet v nebe nad Moskvoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2022
Obuna bo‘lish
1 avgustga qadar ichki aviaqatnovlarni haftasiga 90 taga ko‘paytirish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Transport vazirligi va “Uzbekistan Airports” 1-iyulga qadar aeroportlarga xususiy sheriklik asosida investor hamda ichki aviaqatnovlar uchun loukosterlarni (chipta bahosi arzon aviakompaniya) jalb qilish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlashi kerak. Prezident Shavkat Mirziyoyev xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda mutasaddilarga tegishli topshiriqlarni berdi.
Davlat rahbari transport sohasiga xususiy investorlarni jalb qilish ishlari sustliginini ko‘rsatib o‘tdi.
Shu bois, transport vaziri Ilhom Mahkamovga:
- aeroportlarga xususiy sheriklik asosida investorlarni jalb qilish ishlari qoniqarsizligi;
- Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi tez yurar avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha xususiy sheriklik loyihalari ham qoniqarsizligi;
- hududlar o‘rtasida avia, temir yo‘l va avtotransport qatnovlarini ko‘paytirish ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilgani ko‘rsatib o‘tildi va oxirgi marta ogohlantirish berildi.
Transport vazirligi va “Uzbekistan Airports”ga:
1 iyulga qadar aeroportlarga xususiy sheriklik asosida investor hamda ichki aviaqatnovlar uchun loukosterlarni jalb qilish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash;
1 avgustga qadar ichki aviaqatnovlarni haftasiga 90 taga ko‘paytirish topshirildi.
Yig‘ilishda temir yo‘l tizimi transformatsiyasini jadallashtirish zarurligi qayd etildi.
Yangiliklar lentasi
0