O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPismennie prinadlejnosti
Pismennie prinadlejnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2022
Obuna bo‘lish
Bitim aviaqatnovni tashkil etish, aviakompaniyalarga bojxona yig‘imlari va soliq to‘lovlaridan ozod etuvchi imtiyozlarni berishi ko‘zda tutadi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z qarori bilan O‘zbekiston va Qatar hukumatlari o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim tasdiqladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar bermoqda.
Bitim 2021-yil 9-iyunda Toshkent shahrida sobiq TIV rahbari Abdulaziz Kamilov va Qatar bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon bin Josim Ol Soniy o‘rtasida imzolangan edi.
Bitim havo qatnovini tashkil etish, aviakorxonalarni tayinlash, ularga parvozlarni amalga oshirish huquqini berish, belgilanadigan manzillarni aniqlash, sertifikat va litsenziyalarni tan olish, ikki davlatda tayinlangan aviakorxonalarning vakolatxonalari faoliyatini tartibga solish kabi masalalarni nazarda tutadi.
Shuningdek, unda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi havo qatnovlarini rivojlantirish maqsadida aviatashkilotlarga doimiy qatnovlarni amalga oshirishni ta’minlovchi va bojxona yig‘imlari, soliq va boshqa to‘lovlardan ozod etuvchi imtiyozlar o‘zaro asosda taqdim etilishi o‘rin olgan.
Transport vazirligi bitimni amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.
Yangiliklar lentasi
0