O‘zbek sportchilari “Katta regata” turnirida 10 ta medalga sazovor bo‘lishdi

© Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasiAkademik eshkak eshuvchilar Moskvadagi xalqaro turnirda 10 ta medalga sazovor bo‘lishdi
Akademik eshkak eshuvchilar Moskvadagi xalqaro turnirda 10 ta medalga sazovor bo‘lishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston jamoasi hisobida 4 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medali qayd etildi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Akademik eshkak eshuvchilar Moskvadagi xalqaro turnirda 10 ta medalga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
1-6 iyun kunlari Moskvada akademik eshkak eshish bo‘yicha “Katta regata” turniri bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya, Belarus, Serbiya, Armaniston va O‘zbekiston terma jamoalari bahs olib borishdi.
Musobaqada katta tarkibda ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Sovrinli o‘rinlarni egallagan sportchilar ro‘yxati:
Oltin medal:
LM1x: Sobir Safaroliyev
LM2x: Shahzod Nurmatov, Jasur Mavlonov
LM4x: Sobir Safaroliyev, Shahzod Nurmatov, Jasur Mavlonov, Samir Roziqov
W4x: Malika Tagmatova, Luiza Islomova, Nargiza Joldasbayeva, Rayxona Safarova
Kumush medal:
M4-: Sardor To‘lqinxo‘jayev, Dilshod Xudoyberdiyev, Shehroz Hakimov, Alisher Turdiyev
M8+: Doston Bahriyev, Dilshod Xudoyberdiyev, Shehroz Hakimov, Alisher Turdiyev, Shohjaxon Najmiyev, Zafar Usmonov, Davr Davronov, Anatoliy Krasnov, Farruh Oblokulov (yo‘lboshchi)
M4x: Davr Davronov, Shahboz Xolmurzayev, Mehroj Mamatqulov, Abdullo Muxammadiyev
Bronza medal:
M4-: Doston Bahriyev, Shohjaxon Najmiyev, Zafar Usmonov, O‘ktam Davronov
M2x: Davr Davronov, Shahboz Xolmurzayev
LW2x: Malika Tagmatova, Luiza Islomova.
Yangiliklar lentasi
0