O‘ttiz yil o‘tib tiklanayotgan Toshkent-Dushanbe poyezd qatnovi haqida ma’lumot berildi

© Ministerstvo transporta v RTPoyezd v Tadjikistane, arxivnoe foto
Poyezd v Tadjikistane, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2022
Obuna bo‘lish
Poyezd Sariosiyo, Qarshi, Samarqand va Jizzax orqali harakatlanadi. Yo‘lovchilar 21 soat ichida o‘z manzillariga yetib olishlari mumkin.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. 20 iyun kunidan boshlab 1990-yillar boshida to‘xtatilgan Dushanbe – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi poyezdining harakati qayta tiklanadi.
“Dunyo” AAning “Xovar” nashri ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi yo‘lovchi poyezdi haftasiga bir marta qatnaydi. Poyezd Sariosiyo, Qumqo‘rg‘on, Darband, Dehqonobod, Qarshi, Samarqand, Jizzax, Guliston orqali harakatlanadi.
Dushanbedan Toshkentgacha bo‘lgan masofa 916 kilometrni tashkil qiladi. Yo‘lovchilar 21 soat ichida o‘z manzillariga yetib olishlari mumkin. Tarkibni Tojikiston temir yo‘lchilari nazorat qilib boradi.
Poyezd 10 ta vagondan iborat bo‘lishi kutilmoqda: 1 ta yotoq vagoni, 4 ta kupe, vagon-restoran va 4 ta plaskart vagon.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent-Dushanbe yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilishi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning O‘zbekistonga tashrifi davomida ma’lum qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0