Norov Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

© Foto: MID UzbekistanaI.o. ministra inostrannix del Uzbekistana Vladimir Norov vstretilsya s ministrom inostrannix del Kitaya Van I
I.o. ministra inostrannix del Uzbekistana Vladimir Norov vstretilsya s ministrom inostrannix del Kitaya Van I - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2022
Obuna bo‘lish
Vazirlar Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni jadallashtirish muhimligini ta’kidlashdi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Nur-Sulton shahrida Xitoy Davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.
Vazirlar oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalda tatbiq etishning borishi, ikki davlat rahbarlari tomonidan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini muhokama qildilar.
“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasini amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish, jumladan, uning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi”, - deyilgan xabarda.
Tomonlar Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi konstruktiv muloqotni chuqurlashtirish, Tashkilotning joriy yil sentabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Sammitiga tayyorgarlikning borishi, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Vazirlar mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, Afg‘onistonda barqaror tinchlikka erishish va ushbu mamlakat iqtisodiyotini tiklash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik mexanizmlariga alohida e’tibor qaratdilar.
Yangiliklar lentasi
0