Ko‘chma savdo faoliyati uchun talablar soddalashtiriladi

© Sputnik / Zafar XalilovTashkent. Amir Temur xiyoboni ili "Tashkentskiy brodvey"
Tashkent. Amir Temur xiyoboni ili Tashkentskiy brodvey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2022
Obuna bo‘lish
Endilikda tadbirkorlarga mobil konteynerlar o‘rnatish huquqi beriladi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Uy-joy mulkdorlari shirkatlari, mahalla, obodonlashtirish va yo‘l tashkilotlariga o‘z yer maydonlarida mavsumiy kafe va savdo nuqtalarini tashkil etishga ruxsat beriladi. Bu haqda prezident raisligida xizmatlar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, yil yakuniga qadar rejalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Prezident ko‘chma va yengil konstruksiyali savdo faoliyati uchun talablarni soddalashtirish vazifasini qo‘ydi.
Endilikda ko‘chma savdo obyektlarini ish kuni yakunlangach, ko‘chirish bo‘yicha majburiy talab bekor qilinib, tadbirkorlarga mobil konteynerlar o‘rnatish huquqi beriladi.
Ta’kidlanishicha, 2017-yilda bozorlarni rekonstruksiya qilish va zamonaviy savdo komplekslarini qurish dasturi qabul qilingan edi.
Lekin Zangiota, Qibray, Ohangaron, Baxmal, G‘allaorol, Do‘stlik, Chortoq, Xatirchi va Nurotada bozorlardagi ahvol, ularning sanitariyasi va arxitekturasidan odamlar norozi ekani qayd etildi.
Yig‘ilishda bozorlarni rivojlantirish dasturi, shuningdek, madaniyat va istirohat bog‘larida servisni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0