BMT bosh kotibining birinchi o‘rinbosari O‘zbekistonga keladi

© AFP 2023 / ANGELA WEISSZamestitel generalnogo sekretarya OON Amina Moxammed
Zamestitel generalnogo sekretarya OON Amina Moxammed  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2022
Obuna bo‘lish
8-9 iyun kunlari BMT Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tashrif 8-9 iyun kunlariga mo‘ljallangan. Tashrif doirasida Oliy Majlis Senati va Yoshlar ishlari agentligida muzokaralar, shuningdek, O‘zbekistondagi yetakchi-ayollar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
“Muloqotlarda O‘zbekiston – BMT bilan hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilinadi”, - deyiladi xabarda.
BMT matbuot xizmatiga ko‘ra, Amina Muhammad 5−12 iyun kunlari Markaziy Osiyo davlatlari bo‘ylab safar qiladi. Mintaqadagi boshqa davlatlarning taklifiga binoan Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga ham boradi.
“Mamlakatlarga tashrifi davomida u milliy hokimiyat organlari, BMT xodimlari, shuningdek, yoshlar va ayollar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari bilan ushbu mamlakatlar oziq-ovqat, energetika va moliyaga ta’sir ko‘rsatadigan uch o‘lchovli inqirozni qanday yengayotgani to‘g‘risida shaxsan muloqot qiladi”, - deyiladi BMT saytidagi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0