SamDU va Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti hamkorlik qiladi

© Sayt SamGuSamarkandskiy Gosudarstvenniy universitet
Samarkandskiy Gosudarstvenniy universitet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2022
Obuna bo‘lish
Universitetlar o‘rtasida ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Samarqand davlat universiteti (SamDU) va Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi. Bu haqda Universitet axborot xizmati xabar qildi.
Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti rektori Igor Maksimsev boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik o‘rnatish, iqtisodiyot va biznes, raqamli texnologiyalar kabi yo‘nalishlarda ilmiy aloqalarni yanada yaxshilash masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
“Imzolangan memorandumda birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va hamkorlik istiqbollari ko‘zda tutilgan”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Sankt-Peterburg davlat universiteti Rossiyada tashkil etilgan birinchi universitet hisoblanadi. Bugungi kunda ta’lim dargohi 500 dan ortiq davlatlar, jumladan O‘zbekistondagi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Farg‘ona davlat universiteti va Buxoro davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0