OAV: Putin YeIning eng nozik joyini topdi

© Sputnik / Mixail MetselPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2022
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Rossiyaga qarshi iqtisodiy urush YeI mamlakatlari orasiga nifoq solgan.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa ittifoqining eng nozik joyiga – energergetikasiga zarba berdi, chunki yoqilg‘i narxining o‘sishi yuqori inflyatsiya va iqtisodiy inqirozni keltirib chiqardi. Bu haqda “Bloomberg” nashri yozmoqda.
Maqolada yozilishicha, YeIning Rossiyaga qarshi eng qattiq cheklovlariga qaramasdan, jumladan, neft importini qisman taqiqlash, unga yon berishlar oshib bormoqda. Misol tariqasida quvurlar orqali neft importi yuzasidan o‘zaro murosa va patriarx Kirillni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarib tashlash keltirilgan.
Ta’kidlanishicha, Rossiyaga qarshi iqtisodiy urush YeI mamlakatlari orasiga nifoq solgan, chunki davlatlar “sanksiyalardan charchashgan”.
Sanksiyalar Yevropaga zarar, Rossiyaga foyda keltirmoqda - OAV
Maqolada G‘arb sanksiyalari ularning o‘zlariga nisbatan salbiy oqibatlarni keltirib chiqargani qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0