https://oz.sputniknews.uz/20220606/mirziyoev-qozogiston-prezidentini-referendum-muvaffaqiyatli-otkazilgani-bilan-qutladi-25071569.html
Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentini referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan qutladi
Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentini referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan qutladi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. 06.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-06T17:46+0500
2022-06-06T17:46+0500
2022-06-06T17:46+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
qasim-jomart toqayev
referendum
qozog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/03/23120583_0:108:3248:1935_1920x0_80_0_0_cc7af77a51de1ac19c5f0a5d54deee6d.jpg
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentini mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha umummilliy referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy qutlagan.O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi, mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.Oliy darajada erishilgan, eng avvalo, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy, fan-ta’lim va madaniy-gumanitar hamkorlik loyihalarini ilgari surish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.Bundan tashqari, mintaqaviy hamkorlik, xalqaro tashkilotlar doirasidagi yaqin va samarali muloqotni davom ettirish istiqbollari muhokama qilindi.Eslatib o‘tamiz, 5-iyun kuni Qozog‘istonda Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishga oid referendum bo‘lib o‘tdi. Saylovchilarning 77,18 foizi o‘zgartirish kiritishni yoqlab ovoz bergan. Shu tariqa, respublika Konstitutsiyaning 33 ta moddasiga 50 tadan ziyod o‘zgartirish kiritilishi kutilmoqda. Jumladan, ular Qozog‘istonni superprezidentlik respublikasidan kuchli parlamentga ega prezidentlik respublikasiga o‘tkazishni nazarda tutadi.
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/03/23120583_262:0:2986:2043_1920x0_80_0_0_836cd28bf2a8e7a90cd61c47691f099b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, qasim-jomart toqayev, referendum, qozog‘iston
siyosat, shavkat mirziyoyev, qasim-jomart toqayev, referendum, qozog‘iston
Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentini referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan qutladi
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar bermoqda. Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentini mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha umummilliy referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy qutlagan.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi, mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.
Oliy darajada erishilgan, eng avvalo, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy, fan-ta’lim va madaniy-gumanitar hamkorlik loyihalarini ilgari surish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, mintaqaviy hamkorlik, xalqaro tashkilotlar doirasidagi yaqin va samarali muloqotni davom ettirish istiqbollari muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 5-iyun kuni Qozog‘istonda Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishga oid referendum
bo‘lib o‘tdi. Saylovchilarning 77,18 foizi o‘zgartirish kiritishni yoqlab
ovoz bergan. Shu tariqa, respublika Konstitutsiyaning 33 ta moddasiga 50 tadan ziyod o‘zgartirish kiritilishi kutilmoqda. Jumladan, ular Qozog‘istonni superprezidentlik respublikasidan kuchli parlamentga ega prezidentlik respublikasiga o‘tkazishni nazarda tutadi.