Britaniya parlamenti Boris Jonsonga ishonchsizlik votumini bildirish yuzasidan ovoz beradi

© Sputnik / Pavel BednyakovPremyer-ministr Velikobritanii Boris Djonson
Premyer-ministr Velikobritanii Boris Djonson - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2022
Obuna bo‘lish
Britaniya Konservativlar partiyasi amaldagi bosh vazirga ishonchsizlik votumini bildirish uchun ovoz beradi.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Buyuk Britaniya parlamenti a’zolari 6-iyun kuni kechqurun bosh vazir Boris Jonsonga ishonchsizlik votumini bildirish bo‘yicha ovoz beradi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan 18:00 dan 20:00 gacha davom etadi.
Jarayon Konservativ partiyadan deputatlarning kamida 15 foizi (54 kishi) parlament qo‘mitasiga bosh vazirning iste’fosini talab qilib maktub yuborganidan so‘ng boshlangan.
Britaniyalik deputatlarning noroziligiga sabab pandemiya davrida Londonda Dauning-stritdagi bosh vazir qarorgohining bog‘ida o‘tkazilgan ziyofatda qatnashgani bo‘ldi. Boris Jonson uzr so‘radi, lekin o‘z lavozimini tark etishdan bosh tortdi. Britaniyaliklarning yarmidan ko‘pi uning iste’fosini yoqlagan.
Ma’lumot uchun, konservativ partiyadan bo‘lgan Jamoatlar palatasi a’zolari o‘rtasida ishonchsizlik votumi o‘tkaziladi. Partiya rahbari lavozimini saqlab qolish uchun Britaniya bosh vaziri kamida 180 ovoz olishi kerak. 67 nafar konservator allaqachon Jonsonning iste’fosini yoqlab chiqishgan.
2021 yil dekabr oyida Britaniya hukumatida bosh vazir idorasining a’zolari Dauning-stritda uyushtirilgan ziyofatni izohlash to‘g‘risidagi hazili aks etgan video tufayli mojaro chiqdi. Boris Jonson video uchun uzr so‘radi va ichki tekshiruv o‘tkazishni buyurdi. Videoga tushgan Jonson ofisining xodimi Allegra Stratton esa iste’foga chiqdi.
Britaniya jamoatchiligi, muxolifat partiyalar ushbu qoidabuzarlik ortidan kansler va Bosh vazirni o‘z lavozimini tark etishga chaqirdi, biroq ular buni rad etdi.
Yangiliklar lentasi
0