Zarrux Adashev 1-raunddayoq nokautga uchradi – video

© UFC Fightpass / TwitterRing pered nachalom boya UFC
Ring pered nachalom boya UFC - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik yakkakurashchi UFC Vegas 56 musobaqasi doirasida oktagonga ko‘tarildi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida 4-iyundan 5-iyunga o‘tar kechasi UFC Vegas 56 musobaqasi doirasida Zarrux Adashev oktagonga chiqdi.
Zarruxga yamaykalik Ode Osborn raqiblik qildi. O‘zbekistonlik yakkakurashchi jangning birinchi raundidayoq kuchli zarbani o‘tkazib yubordi va chuqur nokaut holatiga tushdi. Shu tariqa sportchi UFC’dagi to‘rtinchi jangida uchinchi bor mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.
Adashev bungacha UFC’da uchta jang o‘tkazgan. Ularning ikkitasida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, bittasida qo‘li baland kelgan.
Yangiliklar lentasi
0