https://oz.sputniknews.uz/20220605/xorijiy-otmda-kontraktda-oqiyotgan-prezident-maktablari-bitiruvchilariga-subsidiya-beriladi-25040498.html
Xorijiy OTMda kontraktda o‘qiyotgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya beriladi
Xorijiy OTMda kontraktda o‘qiyotgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya beriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya beriladi.
2022-06-05T17:13+0500
2022-06-05T17:13+0500
2022-06-05T17:13+0500
jamiyat
subsidiya
maktab
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363517_399:23:3040:1508_1920x0_80_0_0_dffc5b59b8151aad883e0ff980f73eb3.jpg
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekistondagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya beriladi. 2-iyun kuni Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.Tasdiqlangan nizomga ko‘ra, Prezident maktablari bitiruvchilariga to‘lov-kontrakt summasining BHMning 100 baravarigacha qismi qoplab beriladi. Talabgorlar o‘quv yilining 15-dekabrigacha prezident ta’lim muassasalar agentligiga ariza bilan murojaat qiladi (o‘qishga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va to‘lov-kontrakt shartnomasi ilova qilinadi). Subsidiya olgan talabalar Universitetni tamomlagach agentlik yo‘llanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi bo‘yicha respublikadagi tashkilotlarda 5-yilgacha ishlab berish majburiyatini oladi. Magistratura yoki doktoranturada o‘qish davom ettirilgan taqdirda, ushbu muddat magistratura yoki doktoranturada o‘qish davri tugagandan so‘ng boshlanadi.Bundan tashqari, qaror bilan "Yangi O‘zbekiston" universitetining iqtidorli talabalariga davlat grantini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi.Unga ko‘ra, davlat granti "Yangi O‘zbekiston" universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oladigan talabgorlar uchun ajratiladi.Davlat granti quyidagilarga taqdim etiladi:Davlat grantini olgan talabalar Universitetni tamomlagach Prezident ta’lim muassasalari agentligi yo‘llanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi bo‘yicha respublikadagi tashkilotlarda 5-yilgacha ishlab berish majburiyatini oladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363517_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_e273784e2c41d01d449f2294220121c9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident maktablari bitiruvchilari subsidiya olish tartibi qonun nizom
prezident maktablari bitiruvchilari subsidiya olish tartibi qonun nizom
Xorijiy OTMda kontraktda o‘qiyotgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya beriladi
Talabgorlar o‘quv yilining 15-dekabrigacha prezident ta’lim muassasalar agentligi ariza bilan murojaat qilishi kerak.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekistondagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya beriladi. 2-iyun kuni Hukumatning tegishli qarori
qabul qilindi. Tasdiqlangan nizomga ko‘ra, Prezident maktablari bitiruvchilariga to‘lov-kontrakt summasining BHMning 100 baravarigacha qismi qoplab beriladi.
Talabgorlar o‘quv yilining 15-dekabrigacha prezident ta’lim muassasalar agentligiga ariza bilan murojaat qiladi (o‘qishga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va to‘lov-kontrakt shartnomasi ilova qilinadi).
Subsidiya olgan talabalar Universitetni tamomlagach agentlik yo‘llanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi bo‘yicha respublikadagi tashkilotlarda 5-yilgacha ishlab berish majburiyatini oladi.
Magistratura yoki doktoranturada o‘qish davom ettirilgan taqdirda, ushbu muddat magistratura yoki doktoranturada o‘qish davri tugagandan so‘ng boshlanadi.
Bundan tashqari, qaror bilan "Yangi O‘zbekiston" universitetining iqtidorli talabalariga davlat grantini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, davlat granti "Yangi O‘zbekiston" universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oladigan talabgorlar uchun ajratiladi.
Davlat granti quyidagilarga taqdim etiladi:
xalqaro darajadagi tegishli dasturlar (International Baccalaureate, Advanced Placement, International Advanced Levels) diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilariga;
prezident ta’lim muassasalar agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun ajratiladigan qabul parametrlariga muvofiq kirish imtihonlari asosida ushbu maktablar bitiruvchilariga;
Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) g‘oliblariga;
Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan O‘zbekiston fuqarolariga;
Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalar farzandlariga.
Davlat grantini olgan talabalar Universitetni tamomlagach Prezident ta’lim muassasalari agentligi yo‘llanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi bo‘yicha respublikadagi tashkilotlarda 5-yilgacha ishlab berish majburiyatini oladi.