Turkmaniston hududi orqali O‘zbekistondan tranzit yuklariga ruxsat berdi – shartlar

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGruzovie mashini v moment razgruzki na uzbeksko-afganskoy granitse
Gruzovie mashini v moment razgruzki na uzbeksko-afganskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2022
Obuna bo‘lish
Tranzit yuklari “Farap (Turkmaniston) – Olot (O‘zbekiston)” nazorat-o‘tkazish punktlari orqali harakatlandi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. 2022-yil 1-iyundan xorijiy davlatlar transport vositalariga Turkmaniston hududi orqali tranzit yuk tashuvlariga ruxsat etildi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Haydovchilar quyidagi yo‘nalish bo‘ylab tranzit harakatlanadi: “Saraxs (Eron) – Saraxs (Turkmaniston)” – “Farap (Turkmaniston) – Olot (O‘zbekiston)” – “Saraxs (Turkmaniston) – Saraxas (Eron)” nazorat-o‘tkazish punktlari.
© Foto: Mintrans UzbekistanaMarshrut po territorii Turkmenistana
Marshrut po territorii Turkmenistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2022
Marshrut po territorii Turkmenistana
Turkmaniston hududi bo‘ylab tranzit tashuv yuk avtotransport vositalarining tashkiliy jamlanmasi (avtokolonna)da harakatlanish orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston va Eron chegarasidan 1 km masofada yuk avtotransport vositalarining tashkiliy jamlanmasi (avtokolonna) tuziladi. Avtokolonna tuzish soat tonggi 8:00 dan boshlanadi.
Ular yo‘l politsiyasi maxsus mashinalari kuzatuvi ostida harkatlanadi. Harakat davomida haydovchilarga to‘xtash va avtotransport vositasi kabinasidan chiqish taqiqlanadi.
Harakat davomida nosozlik yoki boshqa muammo yuzaga kelgan taqdirda tegishli transport vositasi jamlanmadan ajratiladi. Bunday vaziyatda ichki ishlar organlari hodimlari Turkmaniston avtomobil transporti agentligi bilan birgalikda yuzaga kelgan muammoni hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatadi.
Turkmaniston bo‘ylab tranzit yuklarini tashishda quyidagi talab va shartlarga rioya etish kerak:
xorijiy davlatlar transport vositalari haydovchilari Turkmaniston davlat chegarasini kesib o‘tishda tranzit tashuvini amalga oshirish jarayonini rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni maxsus sanitar ishlovdan o‘tkazish uchun taqdim etishlari shart;
belgilangan tartibda avtotransport vositalari sanitar tozzalashdan o‘tkaziladi;
chegaradan o‘tishda PZR usuli bilan COVID-19 ga test sinovidan o‘tganligi haqida ma’lumotnoma (davlat chegarasidan o‘tishdan oldin kamida 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda), koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat (oxirgi emlash sanasidan 42 kundan kam bo‘lmagan muddatda) taqdim etilishi shart;
nazorat-o‘tkazish punktida COVID-19 uchun ekspress-testdan o‘tish.
Yangiliklar lentasi
0