https://oz.sputniknews.uz/20220605/sardor-umurzakov-boshchiligidagi-ozbekiston-hukumati-delegatsiyasi-moskvaga-tashrif-buyurdi-25019245.html
Sardor Umurzakov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Moskvaga tashrif buyurdi
Sardor Umurzakov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Moskvaga tashrif buyurdi
Sputnik O‘zbekiston
Delegatsiya Rossiyaning bir qator rasmiylari ikki davlat munosabatlarini yanada rivojlantirishning muhim jihatlari muhokama qildi. 05.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-05T10:31+0500
2022-06-05T10:31+0500
2022-06-05T10:31+0500
iqtisod
sardor umurzakov
moskva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/05/25018640_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_8e86d4faf3c3260399a0a1b54538197c.jpg
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. 3-4 iyun kunlari bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Moskva shahriga tashrif buyurdi. Ikki kunlik tashrif davomida Rossiyaning bir qator rasmiylari, xususan, Hukumat raisining o‘rinbosari Aleksey Overchuk, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hamda iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.Investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, sanoat, transport va logistika hamkorligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklikni chuqurlashtirishning amaliy mexanizmlari bo‘yicha mushtarak pozitsiyalar ishlab chiqildi.Uchrashuv yakunida tomonlarni qiziqtirgan masalalarni hal qilishga qaratilgan navbatdagi tadbirlar bo‘yicha takliflar almashildi. O‘zaro munosabatlarning ko‘rib chiqilgan barcha yo‘nalishlariga doir amaliy hamkorlik qilish yo‘llari to‘g‘risida kelishib olindi.O‘tgan yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash uchdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga yetgan. Joriy yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 40 foizga oshgan.Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida tashkil etilgan 2 mingdan ortiq qo‘shma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, Rossiyadan mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/05/25018640_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_f3106b991718bec7c58c66ceebf4ddba.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, sardor umurzakov, moskva
iqtisod, sardor umurzakov, moskva
Sardor Umurzakov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Moskvaga tashrif buyurdi
Delegatsiya Rossiyaning bir qator rasmiylari ikki davlat munosabatlarini yanada rivojlantirishning muhim jihatlari muhokama qildi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. 3-4 iyun kunlari bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Moskva shahriga
tashrif buyurdi. Ikki kunlik tashrif davomida Rossiyaning bir qator rasmiylari, xususan, Hukumat raisining o‘rinbosari Aleksey Overchuk, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hamda iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvlar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati, amaldagi kelishuvlarning hayotga joriy etilishi, shuningdek, O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini yanada rivojlantirishning muhim jihatlari muhokama qilindi.
Investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, sanoat, transport va logistika hamkorligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklikni chuqurlashtirishning amaliy mexanizmlari bo‘yicha mushtarak pozitsiyalar ishlab chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlarni qiziqtirgan masalalarni hal qilishga qaratilgan navbatdagi tadbirlar bo‘yicha takliflar almashildi. O‘zaro munosabatlarning ko‘rib chiqilgan barcha yo‘nalishlariga doir amaliy hamkorlik qilish yo‘llari to‘g‘risida kelishib olindi.
O‘tgan yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash uchdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga yetgan. Joriy yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 40 foizga oshgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida tashkil etilgan 2 mingdan ortiq qo‘shma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, Rossiyadan mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.