Qozog‘istonda Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishga oid referendum bo‘lib o‘tmoqda

© Sputnik / Kamshat AbdirayimAlmatinsi golosuyut na referendume po popravkam v Konstitutsiyu
Almatinsi golosuyut na referendume po popravkam v Konstitutsiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonliklar Konstitutsiyaning 33 ta moddasiga kiritilayotgan 56 ta o‘zgartirish bo‘yicha ovoz berishadi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Qozog‘istonda Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishga oid referendum bo‘lib o‘tmoqda.
Mamlakat bo‘ylab referendum bo‘yicha 10 013 ta saylov uchastkasi ish boshladi. Unda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar 11,7 million nafarni tashkil etadi. Bundan tashqari, Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi 2 xorijiy davlatdagi elchixonalar huzurida referendum o‘tkazish bo‘yicha 65 ta uchastka komissiyalarini tashkil etgan.
Qozog‘istonliklar Konstitutsiyaning 33 ta moddasiga kiritilayotgan 56 ta o‘zgartirish bo‘yicha ovoz berishadi.
Quyidagi o‘zgartirishlarni kiritish ham taklif qilingan:
o‘lim jazosini taqiqlash (o‘tgan yil dekabrida o‘lim jazosi bekor qilingandi; hozir konstitutsiyada o‘lim jazosi favqulodda jazo sifatida belgilanadigan jinoyatlarga izoh berilgan);
yer, uning qa’ri, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy manbalar xalqqa tegishli deb belgilash va davlat tomonidan mulkchilik huquqining xalq nomidan amalga oshirilishi;
Qozog‘iston prezidenti lavozimiga ikki muddatdan ortiq saylanishga taqiq mamlakat birinchi prezidentiga nisbatan amal qilmasligi haqidagi bandni olib tashlash;
prezidentning yaqin qarindoshlariga siyosiy davlat xizmatchilari va kvazi-davlat sektori (davlat ishtirokida yaratilgan tuzilma) subyektlarining rahbarlari lavozimlarini egallashni taqiqlash;
respublika faoliyatining uning birinchi prezidenti tomonidan belgilangan eng muhim tamoyillari va uning maqomi o‘zgarmasligi haqidagi qoidani olib tashlash;
konstitutsiyaviy sud tomonidan fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha bevosita ularning huquq va erkinliklariga aloqador normativ huquqiy hujjatlarning konstitutsiyaga muvofiqligini ko‘rib chiqish haqidagi meyorning belgilanishi.
Avvalroq Qozog‘istonda 5-iyun kuni Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0