https://oz.sputniknews.uz/20220605/putin-ukrainaga-uzoq-masofaga-uchadigan-raketalar-etkazib-berish-oqibatlaridan-ogohlantirdi-25033910.html
Putin Ukrainaga uzoq masofaga uchadigan raketalar yetkazib berish oqibatlaridan ogohlantirdi
Putin Ukrainaga uzoq masofaga uchadigan raketalar yetkazib berish oqibatlaridan ogohlantirdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidenti Kiyevga uzoq masofaga uchadigan raketa yetkazib berilsa, Rossiya bundan xulosa chiqarishi va hozircha zarba berilmagan obyektlarga zarba berishini... 05.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-05T14:55+0500
2022-06-05T14:55+0500
2022-06-05T14:58+0500
rossiya
vladimir putin
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/05/25033750_0:0:2923:1645_1920x0_80_0_0_326ddd17466b5a0701df47a4a9734ee3.jpg
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Agar Ukrainaga Amerikaning uzoq masofaga uchadigan raketalari yetkazib berilsa, Rossiya nima qilish kerakligini biladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Kiyevga Amerikaning zalp bilan otiladigan reaktiv tizimlarining yetkazib berilishi yo‘qotilgan Ukraina jangovar texnikasini o‘rnini to‘ldirish bilan bog‘liq. Gap asosan 45-70 kilometrga uchadigan sovet va Rossiyaning “Grad”, “Smerch” va “Uragan”lari muqobili haqida bormoqda.Putin maxsus harbiy operatsiya boshlangan vaqtda Ukraina armiyasining taxminan 515 ta raketa tizimi bo‘lgani, shulardan 380 tasi yo‘q qilinganini ta’kidladi.Jurnalist Vashington Ukrainaga uzoq masofaga uchadigan raketalarni berishi mumkinligiga e’tibor qaratdi.Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish atrofidagi ovoragarchilikning faqat bitta maqsadi bor – iloji boricha qurolli mojaroni cho‘zish.Avvalroq AQSh hukumati Kiyevga HIMARS raketalarini yetkazib berishini ma’lum qilgan edi. Vashington Ukraina hukumatidan Rossiyadagi nishonlarga zarba berish uchun HIMARSdan foydalanmaslikka va’da berganini aytdi. Vladimir Zelenskiy bunday kelishuv mavjudligini oshkora tasdiqladi.Ammo boshqa ukrainalik siyosatchilar Rossiya hududi bo‘ylab zarba berilishini inkor qilishmayapti. Kreml allaqachon Kiyevga ishonmay qo‘yganini ta’kidladi, chunki Zelenskiy Donbassdagi mojaroni tinchlik yo‘li bilan tartibga solish yuzasidan bergan va’dalarining birortasini ham bajarmagan.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/05/25033750_69:0:2800:2048_1920x0_80_0_0_c52ef899f8364499b91bfaa215835258.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, vladimir putin, ukraina
rossiya, vladimir putin, ukraina
Putin Ukrainaga uzoq masofaga uchadigan raketalar yetkazib berish oqibatlaridan ogohlantirdi
14:55 05.06.2022 (yangilandi: 14:58 05.06.2022) Rossiya prezidenti Kiyevga uzoq masofaga uchadigan raketa yetkazib berilsa, Rossiya bundan xulosa chiqarishi va hozircha zarba berilmagan obyektlarga zarba berishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Agar Ukrainaga Amerikaning uzoq masofaga uchadigan raketalari yetkazib berilsa, Rossiya nima qilish kerakligini biladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida
ma’lum qildi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Kiyevga Amerikaning zalp bilan otiladigan reaktiv tizimlarining yetkazib berilishi yo‘qotilgan Ukraina jangovar texnikasini o‘rnini to‘ldirish bilan bog‘liq. Gap asosan 45-70 kilometrga uchadigan sovet va Rossiyaning “Grad”, “Smerch” va “Uragan”lari muqobili haqida bormoqda.
Putin maxsus harbiy operatsiya boshlangan vaqtda Ukraina armiyasining taxminan 515 ta raketa tizimi bo‘lgani, shulardan 380 tasi yo‘q qilinganini ta’kidladi.
Jurnalist Vashington Ukrainaga uzoq masofaga uchadigan raketalarni berishi mumkinligiga e’tibor qaratdi.
“Agar ular yetkazib berilsa, biz bundan tegishli xulosa chiqaramiz va bizda yetarlicha bo‘lgan nishonga olish vositalaridan biz hozircha zarba bermayotgan obyektlarga zarba berish uchun foydalanamiz”, - deya javob berdi Putin.
Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish atrofidagi ovoragarchilikning faqat bitta maqsadi bor – iloji boricha qurolli mojaroni cho‘zish.
Avvalroq AQSh hukumati Kiyevga HIMARS raketalarini yetkazib berishini ma’lum qilgan edi. Vashington Ukraina hukumatidan Rossiyadagi nishonlarga zarba berish uchun HIMARSdan foydalanmaslikka va’da berganini aytdi. Vladimir Zelenskiy bunday kelishuv mavjudligini oshkora tasdiqladi.
Ammo boshqa ukrainalik siyosatchilar Rossiya hududi bo‘ylab zarba berilishini inkor qilishmayapti. Kreml allaqachon Kiyevga ishonmay qo‘yganini ta’kidladi, chunki Zelenskiy Donbassdagi mojaroni tinchlik yo‘li bilan tartibga solish yuzasidan bergan va’dalarining birortasini ham bajarmagan.