https://oz.sputniknews.uz/20220605/haj-ziyorati-25041021.html
Musulmonlar idorasi Haj ziyorati nega qimmatlashganini tushuntirdi
Musulmonlar idorasi Haj ziyorati nega qimmatlashganini tushuntirdi
Sputnik O‘zbekiston
Haj 2022 mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 62,9 million so‘m etib belgilangan. O‘zbekistonlik ziyoratchilar 18-iyun kuni haj ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga parvoz qilishni boshlaydi.
2022-06-05T18:01+0500
2022-06-05T18:01+0500
2022-06-05T18:01+0500
jamiyat
o‘zbekiston musulmonlari idorasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/08/01/14680532_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_f4c9021a71c457cb68530209aedeae3c.jpg
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Musulmonlar idorasi haj ziyorati nega qimmatlashgani yuzasidan bayonot berdi.Haj-2022 mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 62,9 million so‘m etib belgilangan. Bu ijtimoiy tarmoqlarda turli gap-so‘zlarga sabab bo‘lmoqda. Ta’kidlanishicha, ayrimlar to‘liq asosga ega bo‘lmagan ma’lumotlarni tarqatib, odamlarda norozilik kayfiyatini uyg‘otishga urinishmoqda.Idora fuqarolar ijtimoiy tarmoqlardagi turli asossiz va tagi yo‘q ma’lumotlarga chalg‘ib qolmasliklari uchun ayrim ma’lumotlarni taqdim etgan.Qayd etilishicha, Saudiya hukumati haj safari narxiga ta’sir qiluvchi qo‘shimcha soliq va majburiy to‘lovlar joriy qilgan. Shuningdek, kommunal, transport, elektr-energiya va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar miqdori bir necha baravar (30-40 foiz) oshgan.O‘zbekistonlik ziyoratchilar mavsumda birinchi marta Madina shahrida Masjidi Nabaviydan 100 metr uzoqlikda joylashgan 5 yulduzli "Pullman Zamzam" va "Crowne Plaza" mehmonxonalarida istiqomat qiladilar. Makka shahrida esa "Abroj al-Hidoya" mehmonxonasida yashaydilar.Idora haj uchun to‘langan mablag‘ ichiga nimalar kirishini batafsil sanab o‘tgan. Jumladan, aviareyslar, Mino, Arofat va Muzdalifa vodiylaridagi barcha xizmatlar, 24 soat tibbiy xizmat, ziyoratchilarning tibbiy sug‘urtasi, 24 soat transport xizmati, 3 mahal isiq ovqat va qurbonlik ro‘yxatdan o‘rin olgan.Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston tomoni Saudiya bilan olib borilgan uzoq muzokaralar natijasida mamlakat ziyoratchilari uchun iqtisodiy paket narxiga lyuks darajasidagi xizmat ko‘rsatishga erishgan va to‘lov uchun o‘rta narxni belgilagan.Idora ayrim davlatlarda eng qimmat paketlar narxi 25 ming dollargacha etib belgilangani eslatib o‘tgan.O‘zbekistonlik ziyoratchilar 18-iyun kuni haj ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga parvoz qilishni boshlaydi. Jo‘nash aviaqatnovlari 30-iyunga qadar davom etadi. Ziyoratchilar mamlakatning 7 ta hududi – Toshkent, Namangan, Samarqand, Qarshi, Buxoro, Urganch va Nukus shaharlaridan tashish reja qilingan. Barcha reyslar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Madina shahriga amalga oshiriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/08/01/14680532_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_f0b428389dfda2db7eb876cdf7e64c85.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
haj ziyorati narx xaj 2022 haj safari narxi 2022 o‘zbekistonda haj safari 2022 qachon ma’lumot
haj ziyorati narx xaj 2022 haj safari narxi 2022 o‘zbekistonda haj safari 2022 qachon ma’lumot
Musulmonlar idorasi Haj ziyorati nega qimmatlashganini tushuntirdi
Haj-2022 mavsumi 1 kishi uchun 62,9 million so‘mga tushishi ko‘plab gap-so‘zlarga sabab bo‘lmoqda.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Musulmonlar idorasi haj ziyorati nega qimmatlashgani yuzasidan
bayonot berdi. Haj-2022 mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 62,9 million so‘m
etib belgilangan. Bu ijtimoiy tarmoqlarda turli gap-so‘zlarga sabab bo‘lmoqda. Ta’kidlanishicha, ayrimlar to‘liq asosga ega bo‘lmagan ma’lumotlarni tarqatib, odamlarda norozilik kayfiyatini uyg‘otishga urinishmoqda.
Idora fuqarolar ijtimoiy tarmoqlardagi turli asossiz va tagi yo‘q ma’lumotlarga chalg‘ib qolmasliklari uchun ayrim ma’lumotlarni taqdim etgan.
Qayd etilishicha, Saudiya hukumati haj safari narxiga ta’sir qiluvchi qo‘shimcha soliq va majburiy to‘lovlar joriy qilgan. Shuningdek, kommunal, transport, elektr-energiya va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar miqdori bir necha baravar (30-40 foiz) oshgan.
O‘zbekistonlik ziyoratchilar mavsumda birinchi marta Madina shahrida Masjidi Nabaviydan 100 metr uzoqlikda joylashgan 5 yulduzli "Pullman Zamzam" va "Crowne Plaza" mehmonxonalarida istiqomat qiladilar. Makka shahrida esa "Abroj al-Hidoya" mehmonxonasida yashaydilar.
Safar davomiyligi ayrim qo‘shni davlatlar ziyoratchilari singari 14-17-20 kun emas, balki 26 kunni tashkil etadi. Bu ham narxlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Idora haj uchun to‘langan mablag‘ ichiga nimalar kirishini batafsil sanab o‘tgan. Jumladan, aviareyslar, Mino, Arofat va Muzdalifa vodiylaridagi barcha xizmatlar, 24 soat tibbiy xizmat, ziyoratchilarning tibbiy sug‘urtasi, 24 soat transport xizmati, 3 mahal isiq ovqat va qurbonlik ro‘yxatdan o‘rin olgan.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston tomoni Saudiya bilan olib borilgan uzoq muzokaralar natijasida mamlakat ziyoratchilari uchun iqtisodiy paket narxiga lyuks darajasidagi xizmat ko‘rsatishga erishgan va to‘lov uchun o‘rta narxni belgilagan.
Idora ayrim davlatlarda eng qimmat paketlar narxi 25 ming dollargacha etib belgilangani eslatib o‘tgan.
O‘zbekistonlik ziyoratchilar 18-iyun kuni haj ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga parvoz qilishni boshlaydi. Jo‘nash aviaqatnovlari 30-iyunga qadar davom etadi. Ziyoratchilar mamlakatning 7 ta hududi – Toshkent, Namangan, Samarqand, Qarshi, Buxoro, Urganch va Nukus shaharlaridan tashish reja qilingan. Barcha reyslar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Madina shahriga amalga oshiriladi.