Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

G‘arb Ukrainaga Rossiya bilan muzokaralarni davom ettirishni taqiqlab qo‘ygan – Lavrov

© Sputnik / Russian Foreign Ministry / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2022
Obuna bo‘lish
Sergey Lavrov G‘arb mart oyidayoq Kiyevga Moskva bilan muzokaralarni davom ettirishni taqiqlaganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. G‘arb 29-mart kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan Rossiya-Ukraina uchrashuvidan ikki kun o‘tib Kiyevga Moskva bilan muzokaralarni davom ettirishni taqiqlagan. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
“G‘arb Ukrainaga muzokaralar olib borishga ruxsat bermayapti. Ukraina ikki oy oldin bu masalani qanday hal etish borasida taklifini ilgari surgandi shekilli. Biz bu takliflarni asos qilib oldik. Bir kun o‘tib (delegatsiyalarning Istanbuldagi uchrashuvidan keyin – tahr.) G‘arb ukrainaliklarga bu jarayonni davom ettirishni taqiqlab qo‘ydi”, - dedi Lavrov “Serb Respublikasi radiosi va televideniyesi” teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida.
Rossiya vaziri shundan so‘ng Ukraina tomonining pozitsiyasi jiddiy o‘zgarganini ta’kidladi.
“Ular o‘z pozitsiyalarini kuchaytirishdi, Buchada sahnalashtirilgani oydek ravshan bo‘lgan provokatsiya uyushtirildi”, - dedi u.
Lavrov Ukraina avvalo AQSh va Buyuk Britaniyaning qo‘g‘irchog‘iga aylangani qo‘shimcha qildi.
Yangiliklar lentasi
0