"Toshkent" aeroporti yaqinidagi avtoturargohlar "Uzbekistan Airports" balansiga o‘tkaziladi

© Press-slujba prezidenta TatarstanaMejdunarodniy aeroport Tashkenta
Mejdunarodniy aeroport Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2022
Obuna bo‘lish
"Toshkent" aeroporti yaqinidagi avtoturargohlar "Uzbekistan Airports" balansiga o‘tkaziladi.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik.Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning 30-maydagi qarori bilan "Toshkent-2" xalqaro terminali va ichki qatnovlar uchun mo‘ljallangan "Toshkent-3" terminali avtoturargohlari, poytaxt aeroporti hududiga tutash joylardagi avtoturargohlar "Uzbekistan Airports" balansiga o‘tkaziladi.
"Uzbekistan Airports" xabariga ko‘ra, mazkur hududlarni kompaniya ixtiyoriga o‘tkazish davlat rahbarining 2021-yil 30-apreldagi "Fuqarolik aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida ko‘zda tutilgan.
"Ushbu hududlarning o‘tkazilishi avtoturargohlarni avtomatlashtirish, aerovokzal oldidagi hududlarni qaytadan qulay loyihalashtirish, yo‘lovchilarni kutib oluvchilar va kuzatuvchilar uchun ko‘proq qulayliklar yaratish hamda o‘z yechimini kutayotgan taksi xizmati bilan bog‘liq muammolarni hal qilish imkonini beradi.
Avtoturargohlarda to‘xtash joyi uchun to‘lovni inson omilisiz amalga oshirish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, kompaniya avtoturargohlarning joylashuvi va ulardan foydalanish davomiyligini (soat, sutka) hisobga olgan holda moslashuvchan tarif tizimini ishlab chiqmoqda", — dedi "Uzbekistan Airports" boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva.
Bildirilishicha, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan avtoturargohlarni baholash va aksiyadorlik jamiyatining davlat ulushini oshirish bo‘yicha tegishli buyruq qabul qilinadi.
Shundan so‘ng, tegishli tartibda yagona aksiyador — Moliya vazirligi tomonidan davlat kompaniyasining ulushini oshirish va avtoturargohlar qiymatini ustav kapitaliga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Barcha ishlar yakuni bo‘yicha kadastr hujjatlarini Kadastr agentligi tomonidan "Munitsipal mulklarni boshqarish markazi" DUKdan "Uzbekistan Airports" nomiga qayta rasmiylashtirish amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0