https://oz.sputniknews.uz/20220604/rossiya-va-ozbekiston-ortasida-temir-yol-qatnovi-ozbekiston-temir-yollari-axborot-berdi-25012220.html
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida temir yo‘l qatnovi: “O‘zbekiston temir yo‘llari” axborot berdi
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida temir yo‘l qatnovi: “O‘zbekiston temir yo‘llari” axborot berdi
Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekiston temir yo‘llari” Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida temir yo‘l qatnovlari qayta tiklanishi yuzasidan axborot berdi.
2022-06-04T18:01+0500
2022-06-04T18:01+0500
2023-04-05T18:37+0500
jamiyat
o‘zbekiston
temir yo‘l
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1415/51/14155106_781:491:3063:1775_1920x0_80_0_0_2c5f7a11e49ff83a31384f5811ea6bc5.jpg
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida temir yo‘l aloqasining qayta tiklanishi yuzasidan axborot berdi.Unda aytilishicha, 3-iyun kuni Rossiyaning koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha operativ shtabning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda yig‘ilish kun tartibida Rossiya va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida xalqaro yo‘lovchi poyezdlari harakatini muntazam ravishda tiklash masalasi ko‘rib chiqildi.Muhokama natijalariga ko‘ra, operativ shtabning a’zolari tomonidan 14-iyundan boshlab temir yo‘l transporti orqali kelgan xorijiy fuqarolarga epidemiologik cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning axborotiga ko‘ra, ayni paytda, ikki davlat temir yo‘l ma’muriyatlari tomonidan bu masala ishlab chiqilmoqda:tashuv jarayonini tashkil etish,yo‘lovchi poyezdlarining harakatlanish jadvalini ishlab chiqish,yo‘nalishlarini belgilash, yo‘l kiraning narx siyosati va boshqa qator zarur bo‘lgan masalalar ishlab chiqilmoqda.“Rossiyaga temir yo‘l transporti harakatini tayinlash to‘g‘risidagi xabar va barcha masalalar ishlab chiqilgandan so‘ng darhol e’lon qilinadi”, - deyilgan xabarda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1415/51/14155106_616:533:2635:2048_1920x0_80_0_0_27598f0810a84a6f101c79867633dd21.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya va o‘zbekiston o‘rtasida temir yo‘l qatnovi
rossiya va o‘zbekiston o‘rtasida temir yo‘l qatnovi
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida temir yo‘l qatnovi: “O‘zbekiston temir yo‘llari” axborot berdi
18:01 04.06.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) “O‘zbekiston temir yo‘llari” Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida temir yo‘l qatnovlari qayta tiklanishi yuzasidan axborot berdi.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida temir yo‘l aloqasining qayta tiklanishi yuzasidan axborot berdi.
Unda aytilishicha, 3-iyun kuni Rossiyaning koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha operativ shtabning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda yig‘ilish kun tartibida Rossiya va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida xalqaro yo‘lovchi poyezdlari harakatini muntazam ravishda tiklash masalasi ko‘rib chiqildi.
Muhokama natijalariga ko‘ra, operativ shtabning a’zolari tomonidan 14-iyundan boshlab temir yo‘l transporti orqali kelgan xorijiy fuqarolarga epidemiologik cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning axborotiga ko‘ra, ayni paytda, ikki davlat temir yo‘l ma’muriyatlari tomonidan bu masala ishlab chiqilmoqda:
tashuv jarayonini tashkil etish,
yo‘lovchi poyezdlarining harakatlanish jadvalini ishlab chiqish,
yo‘nalishlarini belgilash, yo‘l kiraning narx siyosati va boshqa qator zarur bo‘lgan masalalar ishlab chiqilmoqda.
“Rossiyaga temir yo‘l transporti harakatini tayinlash to‘g‘risidagi xabar va barcha masalalar ishlab chiqilgandan so‘ng darhol e’lon qilinadi”, - deyilgan xabarda.