https://oz.sputniknews.uz/20220604/qaysi-mahsulotlar-umrni-uzaytiradi-21832892.html
Qaysi mahsulotlar umrni uzaytiradi?
Qaysi mahsulotlar umrni uzaytiradi?
Sputnik O‘zbekiston
Sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis uzoq umr ko‘rish uchun qanday mahsulotlarni ratsionga kiritish haqida so‘zlab berdi.
2022-06-04T21:51+0500
2022-06-04T21:51+0500
2022-06-04T21:51+0500
jamiyat
shifokorlar tavsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/19/21513168_0:137:3071:1864_1920x0_80_0_0_a12eb9c4775e0022fadabbe12c618778.jpg
Vitaminlar va sog‘lom turmush tarzi-uzoq umr garovi. To‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Xolli Zokkolan Express internet nashriga bergan intervyusida qanday qilib umrni mazali va foydali tarzda uzaytirish mumkinligii borasida o‘z tavsiyalarini berdi.Sog‘lom yog‘lar zararli xolesterin miqdori, shuningdek yurak kasalliklari, insultning kelib chiqishini kamaytiradi. U araxis yog‘i, soya loviyasi, soya suti va tofu kabi mahsulotlarda bo‘ladi.Mutaxassis, shuningdek, ratsionga kletchatkaga boy bo‘lgan loviya, don mahsulotlari, sabzi va brokkolini qo‘shishni ham tavsiya qildi. “Ishonch hosil qiling, sabzavotlardan yetarli miqdorda kletchatka olib, shu bilan ratsioningizda qayta ishlangan va shakarli mahsulotlar sonini kamaytirasiz”, deya ta’qiladi u.Ekspert tarkibida ko‘p miqdorda shakar bo‘lgan shirin gazirovka, pishiriqlar va tayyor yormalardan voz kechishni maslahat berdi. Xususan, “Ratsioningizdan soya, rapso va kunboqar yog‘lari kabi rafinatlangan (tozalangan, oqlangan) o‘simlik yog‘larini mutlaqo chiqarib tashlang”, deydi Zokkolan.Rafinatlangan yog‘lar organizm uchun nihoyatda zararli, chunki yog‘ asosan kimoviy usul bilan tozalanadi. Shuning uchun uni qo‘shimcha toza zaytun moyiga almashtirgan ma’qul.Ekspertning ta’kidlashicha, ko‘proq oqsilga boy oziq-ovqatlar, yangi uzilgan mevalarni iste’mol qilish va ko‘p miqdorda suv ichish kerak. Qish faslida esa D, C vitaminlari va rux qabul qilish lozim.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/19/21513168_236:0:2965:2047_1920x0_80_0_0_4ac18e592cc0fdf3816214a58bfab67b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qaysi mahsulotlar umrni uzaytiradi?
qaysi mahsulotlar umrni uzaytiradi?
Qaysi mahsulotlar umrni uzaytiradi?
Sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis uzoq umr ko‘rish uchun qanday mahsulotlarni ratsionga kiritish haqida so‘zlab berdi.
Vitaminlar va sog‘lom turmush tarzi-uzoq umr garovi. To‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Xolli Zokkolan Express internet nashriga bergan intervyusida qanday qilib umrni mazali va foydali tarzda uzaytirish mumkinligii borasida o‘z tavsiyalarini berdi.
“Uzoq umr ko‘rish va salomatlik uchun men zaytun yog‘i, yog‘li baliq, avokado, yong‘oq va urug‘lar kabi foydali yog‘larni iste’mol qilishni tavsiya qilaman”, deydi u.
Sog‘lom yog‘lar zararli xolesterin miqdori, shuningdek yurak kasalliklari, insultning kelib chiqishini kamaytiradi. U araxis yog‘i, soya loviyasi, soya suti va tofu kabi mahsulotlarda bo‘ladi.
Mutaxassis, shuningdek, ratsionga kletchatkaga boy bo‘lgan loviya, don mahsulotlari, sabzi va brokkolini qo‘shishni ham tavsiya qildi. “Ishonch hosil qiling, sabzavotlardan yetarli miqdorda kletchatka olib, shu bilan ratsioningizda qayta ishlangan va shakarli mahsulotlar sonini kamaytirasiz”, deya ta’qiladi u.
Ekspert tarkibida ko‘p miqdorda shakar bo‘lgan shirin gazirovka, pishiriqlar va tayyor yormalardan voz kechishni maslahat berdi. Xususan, “Ratsioningizdan soya, rapso va kunboqar yog‘lari kabi rafinatlangan (tozalangan, oqlangan) o‘simlik yog‘larini mutlaqo chiqarib tashlang”, deydi Zokkolan.
Rafinatlangan yog‘lar organizm uchun nihoyatda zararli, chunki yog‘ asosan kimoviy usul bilan tozalanadi. Shuning uchun uni qo‘shimcha toza zaytun moyiga almashtirgan ma’qul.
Ekspertning ta’kidlashicha, ko‘proq oqsilga boy oziq-ovqatlar, yangi uzilgan mevalarni iste’mol qilish va ko‘p miqdorda suv ichish kerak. Qish faslida esa D, C vitaminlari va rux qabul qilish lozim.