O‘zbekiston Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi

© IA "Dunyo"Gumanitarnaya pomosh iz Uzbekistana v Afganistan
Gumanitarnaya pomosh iz Uzbekistana v Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2022
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami jo‘natildi.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Balx viloyatining Qaldar tumanida O‘zbekiston tomonidan bundan avvalroq yetkazilgan insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi “Dunyo” AA.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston rahbariyatiga chuqur minnatdorlik bildirib, insonparvarlik yordami o‘z vaqtida ko‘rsatilayotganini alohida ta’kidladi.
Tuman rahbari M.Vali O‘zbekistonning insonparvarlik yordami Afg‘onistonning shimoliy hududlari, xususan, Balx viloyati aholisi farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etdi.
Un, o‘simlik yog‘i, bug‘doy, guruch, makaron, konserva, kiyim-kechak va boshqa mahsulotlardan iborat oziq-ovqat to‘plamlari, kiyim-kechak bir oy avval kuchli suv toshqini va sel sodir bo‘lgan Qunduz, Samangan, Tahor va Juzjon viloyatlariga ham yuboriladi.
Yangiliklar lentasi
0