Buxoroda gastronomik ko‘cha tashkil etiladi

© SputnikBuxara, stariy gorod
Buxara, stariy gorod - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2022
Obuna bo‘lish
Buxoroda “Street Food” gastronomik ko‘chasini tashkil etiladi
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. “2022-2026 yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.
Buxoro viloyati hokimligi Turizm va madaniy meros vazirligi, Transport vazirligi, Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining “2022-2026 yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi tayyorlanib, ushbu qaror ilovalariga muvofiq “Buxoro viloyatida turizmni jadal rivojlantirish Dasturi” tasdiqlanishi nazarda tutilgan.
Buxoro viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilanib, “Street Food” gastronomik ko‘chasini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanishi, Buxoro viloyatidagi bo‘sh turgan, ta’mirtalab bo‘lgan madaniy meros obyektlarini belgilangan tartibda turizm, hunarmandchilik va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil qilish maqsadida investitsiya kiritish sharti bilan ro‘yxat asosida obyektlarni tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatli ijaraga berilishi nazarda tutilgan.
Buxoro viloyatining turizm marshrutiga kirgan madaniy meros obyektlari va yodgorliklariga olib boruvchi yo‘llarga o‘rnatiladigan yo‘l ko‘rsatkichi belgilari manzilli ro‘yxati shakllantirilib, Buxoro viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan turizm sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha manzilli ro‘yxatlari tayyorlanib kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0