Xitoy, sanksiyalarni buzmagan holda, Rossiyaga yordam berishga harakat qilmoqda - OAV

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishVizit prezidenta RF V. Putina v Respubliku Indiyu (Goa)
Vizit prezidenta RF V. Putina v Respubliku Indiyu (Goa) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2022
Obuna bo‘lish
XXR yetakchisi G‘arb sanksiyalarini buzmagan holda Rossiyani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yo‘llarini topishga ko‘rsatma bergan.
TOShKENT, 2-iyun - Sputnik. Xitoy hukumati G‘arb sanksiyalarini buzmagan holda Rossiyaga yordam berishga harakat qilmoqda. Bu haqda “The Washington Post” Pekindagi hukumat manbalariga tayanib, xabar berdi.
Manbalar eng muhim strategik sherigiga yordam berishga intilayotgan Xitoyning pozitsiyasini “qiyin masala” deb atadi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy rahbari Si Szinpin o‘zining eng yaqin maslahatchilariga G‘arb sanksiyalarini buzmagan holda Rossiyaga qanday moliyaviy yordam ko‘rsatishni o‘ylab ko‘rishni topshirgan.
Manbalardan birining ta’kidlashicha, kamida ikki marta Moskva Pekindan iqtisodiy yordamning yangi shakllarini taklif qilishni so‘ragan. Rossiyaning Xitoyga qo‘yayotgan talablari 24-fevraldagi maxsus harbiy operatsiya oldidan olingan “savdo majburiyatlari”ni bajarilishi, shuningdek, AQSh va boshqa davlatlar tomonidan sanksiya kiritilgan moliyaviy hamda texnologik yordamni o‘z ichiga oladi.
Nomi oshkor etilmagan Xitoy rasmiylari gazetaga Moskva Pekindan “qurol va o‘q-dorilar” so‘ramagani hamda Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi biznes aloqalari davom etishini aytdi.
“Xitoy Rossiya oldidagi majburiyatlarini bajarishga tayyor va buni tegishli shartlar bajarilganda amalga oshiradi”, dedi gazetaga Pekindagi masaladan xabardor manba.
“Xitoy Ukrainadagi vaziyat va Rossiyaga qarshi noqonuniy sanksiyalar bo‘yicha o‘z pozitsiyasini aniq bildirdi. Biz [Moskvaning] hozirgi ahvolini tushunamiz”, deya qo‘shimcha qilgan u.
Shuningdek, manba Vashingtonning Pekinga qarshi ogohlantirishlarining asl sababi Xitoy va Rossiya o‘rtasida kelishmovchilikni keltirib chiqarishga urinish ekanligiga ishonch bildirgan.
“Bu sodir bo‘lmaydi. Ular [amerikaliklar] Xitoy-Rossiya munosabatlariga putur yetkaza olmaydi”, dedi u.
Avvalroq, Rossiyaning Xarbindagi bosh konsuli Vladimir Oshepkov Rossiya va Xitoy kompaniyalari birga G‘arb sanksiyalari tufayli yuzaga kelgan xarajatlarni qoplash choralini izlayotganini aytgan edi.
Yangiliklar lentasi
0