Mo‘g‘uliston o‘zbekistonliklar uchun vizasiz tartib joriy etdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishAkkreditovannie v Rossii posli zarubejnix gosudarstv priglasheni v MID RF
Akkreditovannie v Rossii posli zarubejnix gosudarstv priglasheni v MID RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2022
Obuna bo‘lish
Mamlakat hududida vizasiz rejim 30 kungacha amal qiladi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Mo‘g‘uliston O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz tartib joriy etdi. Bu haqda TIV xabar berdi.
Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Batsumber Munxjin hamda Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda quyidagi hujjatlar imzolangan:
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2022-2023-yillarda hamkorlik dasturi;
O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi va Mo‘g‘uliston yo‘llar va transportni rivojlantirish vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi protokol.
Uchrashuvda, shuningdek o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish borasida salmoqli salohiyat mavjudligiga e’tibor qaratildi.
Xususan, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, birinchi navbatda, meva-sabzavotlarning Mo‘g‘uliston bozoriga eksportini orttirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi aloqalarining istiqbollari, shuningdek, Mo‘g‘uliston delegatsiyasining sentabrda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashi majlisidagi ishtiroki masalasi ko‘rib chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0