Yerga potensial xavfli asteroid yaqinlashmoqda

© Depositphotos / Animaxx3dAsteroid nedaleko ot planeti Zemlya
Asteroid nedaleko ot planeti Zemlya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2022
Obuna bo‘lish
6 iyun kuni potensial xavfli asteroid Yerdan 3,5 million kilometr naridan o‘tishini kutilmoqda.
TOShKENT, 2-iyun - Sputnik. 6-iyun kuni potensial xavfli asteroid Yerga yaqinlashadi. Bu haqda Sputnik Belarus xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2021 GT2 deb nomlangan asteroid soatiga 26 ming kilometr tezlikda harakatlanmoqda. Olimlar mazkur asteroidni 2021-yilda kashf qilgan. Uning o‘lchami 37-83 metrga teng.
Asteroid Yerdan 3,5 million kilometr naridan o‘tishini kutilmoqda. Bu sayyora va Oy o‘rtasidagi o‘rtacha masofadan taxminan 10 baravar ko‘p.
2021 GT2 Aten sinfidagi asteroid bo‘lib, u Quyosh atrofida Yerga nisbatan yaqinroq aylanadi va uning orbital yo‘li Yer orbitasini kesib o‘tadi. Astronomlar shunga o‘xshash 1800 dan ortiq asteroidni o‘rganib chiqqan, ularning aksariyati potensial xavfli hisoblanadi.
6 iyundan keyin uning Yerga navbatdagi yaqinlashishi 2034-yil 26-yanvarda sodir bo‘ladi, o‘shanda asteroid sayyoradan 14,5 million kilometr naridan o‘tib ketadi.
Yangiliklar lentasi
0