https://oz.sputniknews.uz/20220603/dam-olish-kunlari-qanday-ob-havo-kutilmoqda-24976562.html
Dam olish kunlari qanday ob-havo kutilmoqda?
Dam olish kunlari qanday ob-havo kutilmoqda?
Sputnik O‘zbekiston
Yakshanba kuni harorat 33-35 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 36-37 darajagacha ko‘tariladi. 03.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-03T13:50+0500
2022-06-03T13:50+0500
2022-06-03T13:50+0500
jamiyat
ob-havo
dam olish kuni
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0b/20854383_47:536:2675:2014_1920x0_80_0_0_655209f03210f9c644bff5a7ce7c464e.jpg
TOShKENT, 2-iyun - Sputnik. Bugun, 3-iyun kuni O‘zbekiston hududi respublikaning shimoli-sharqiy hududlari ustida shakllangan yuqori siklon ta’siri ostida bo‘ladi, deya xabar berdi Gidrometeorologiya markazi.Bugun, aksariyat viloyatlarda quruq va shamolli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda shamol tezligi kuchayish vaqtida 18-23 m/s ga yetishi va chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Havo harorati kunduzi 25-30 darajadan oshmaydi.Ertaga, 4-iyun kuni ob-havoning beqarorligi faqat respublikaning sharqiy hududlarida saqlanib turadi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda, kechasi va ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida quruq va kam bulutli ob-havo bo‘ladi. Markaziy va janubi-sharqiy viloyatlarning ayrim hududlarida ba’zi joylarda chang-to‘zonlari bilan shamolning kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 27-32 daraja atrofida bo‘ladi.Yakshanba kuni respublikaning barcha hududlari bo‘yicha deyarli quruq va kam bulutli ob-havo bo‘ladi. Faqat ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi harorat 33-35 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 36-37 darajagacha ko‘tariladi.3-4 iyunda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0b/20854383_310:486:2348:2014_1920x0_80_0_0_850f7bda5390b88d9cad49dd9352c635.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, ob-havo, dam olish kuni
jamiyat, ob-havo, dam olish kuni
Dam olish kunlari qanday ob-havo kutilmoqda?
Yakshanba kuni harorat 33-35 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 36-37 darajagacha ko‘tariladi.
TOShKENT, 2-iyun - Sputnik. Bugun, 3-iyun kuni O‘zbekiston hududi respublikaning shimoli-sharqiy hududlari ustida shakllangan yuqori siklon ta’siri ostida bo‘ladi, deya
xabar berdi Gidrometeorologiya markazi.
Bugun, aksariyat viloyatlarda quruq va shamolli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda shamol tezligi kuchayish vaqtida 18-23 m/s ga yetishi va chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.
Kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Havo harorati kunduzi 25-30 darajadan oshmaydi.
Ertaga, 4 iyun kuni ob-havoning beqarorligi faqat respublikaning sharqiy hududlarida saqlanib turadi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda, kechasi va ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Respublikaning qolgan hududlarida quruq va kam bulutli ob-havo bo‘ladi. Markaziy va janubi-sharqiy viloyatlarning ayrim hududlarida ba’zi joylarda chang-to‘zonlari bilan shamolning kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 27-32 daraja atrofida bo‘ladi.
Yakshanba kuni respublikaning barcha hududlari bo‘yicha deyarli quruq va kam bulutli ob-havo bo‘ladi. Faqat ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi harorat 33-35 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 36-37 darajagacha ko‘tariladi.
3-4 iyunda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.