https://oz.sputniknews.uz/20220603/akademik-behzod-yuldashev-rossiya-fanlar-akademiyasining-xorijiy-azosi-boldi-24978697.html
Akademik Behzod Yuldashev Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi bo‘ldi
Akademik Behzod Yuldashev Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Fanlar akademiyasining umumiy yig‘ilishida 48 nafar olim akademiyaning yangi xorijiy a’zosiga aylandi. 03.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-03T16:53+0500
2022-06-03T16:53+0500
2022-06-03T16:53+0500
jamiyat
o‘zbekiston fanlar akademiyasi (o‘fa)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/03/24981918_0:184:1001:747_1920x0_80_0_0_32a786c8d4ac2c9ae4a279630e2834b1.png
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Rossiya Fanlar akademiyasining umumiy yig‘ilishida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Behzod Yuldashev nanotexnologiyalar va axborot texnologiyalari yo‘nalishida Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi etib saylandi.Yig‘ilishda jahon ilmiy hamjamiyatining e’tirofiga sazovor bo‘lgan eng kuchli olimlar Akademiyaning xorijiy a’zosiga aylandi.Unga ko‘ra, AQSh, Xitoy, Belarus, Tojikiston, O‘zbekiston, Polsha, Italiya, Ispaniya, Armaniston, Singapur, Mo‘g‘uliston, Avstraliya, Hindiston, Ozarbayjon, Abxaziya, Germaniya, Serbiya, Buyuk Britaniya, Qirg‘iziston, Avstriya, Fransiya, Qozog‘iston, Shveytsariya va Kanada kabi davlatlardan 48 nafar olim Rossiya Fanlar akademiyasining yangi xorijiy a’zolari bo‘ldi.Ma’lumot uchun, Behzod Yuldashev bugungi kunda Rossiya Ta’lim va fan vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi a’zosi ham sanaladi.U 400 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan 3 ta monografiya va 20 dan ortiq ixtirolar muallifi hisoblanadi. Uning ilmiy rahbarligida 9 nafar fan doktori va 30 ga yaqin fan nomzodlari tayyorlagan.Behzod Sodiqovich Yuldashev 1945-yil 9-mayda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1968-yilda Toshkent davlat universitetining yadro fizikasi fakultetini imtiyozli tugatgan, 1971-yilda Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (Dubna)da nomzodlik, 1981-yilda fizika-matematika fanlari doktori dissertatsiyasini himoya qilgan.1990-2006 yillarda va 2017-2020 yillarda O‘zR FA Yadro fizikasi instituti direktori sifatida faoliyat yuritgan.Asosiy ilmiy-tashkiliy faoliyati elementar zarralar fizikasi, yadro fizikasi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va tibbiyot sohalarida yadro texnologiyalaridan foydalanish kabi masalalarni qamrab oladi.400 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan 3 ta monografiya va 20 dan ortiq ixtirolar muallifi. Ilmiy rahbarligida 9 nafar fan doktori va 30 ga yaqin fan nomzodlari tayyorlagan.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Parlament a’zosi - senatori (2001-2005-yy., 2020-yildan hozirgi vaqtga qadar).“Mehnat shuhrati” hamda "Fidokorona xizmatlari uchun" ordenlari bilan taqdirlangan. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi "Fan arbobi" faxriy unvoniga ega.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/03/24981918_0:91:1001:841_1920x0_80_0_0_ab9eab33aa04e698e3ad63eb892800e9.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston fanlar akademiyasi (o‘fa)
jamiyat, o‘zbekiston fanlar akademiyasi (o‘fa)
Akademik Behzod Yuldashev Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi bo‘ldi
Rossiya Fanlar akademiyasining umumiy yig‘ilishida 48 nafar olim akademiyaning yangi xorijiy a’zosiga aylandi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Rossiya Fanlar akademiyasining umumiy yig‘ilishida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Behzod Yuldashev nanotexnologiyalar va axborot texnologiyalari yo‘nalishida Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi etib
saylandi. Yig‘ilishda jahon ilmiy hamjamiyatining e’tirofiga sazovor bo‘lgan eng kuchli olimlar Akademiyaning xorijiy a’zosiga aylandi.
Unga ko‘ra, AQSh, Xitoy, Belarus, Tojikiston, O‘zbekiston, Polsha, Italiya, Ispaniya, Armaniston, Singapur, Mo‘g‘uliston, Avstraliya, Hindiston, Ozarbayjon, Abxaziya, Germaniya, Serbiya, Buyuk Britaniya, Qirg‘iziston, Avstriya, Fransiya, Qozog‘iston, Shveytsariya va Kanada kabi davlatlardan 48 nafar olim Rossiya Fanlar akademiyasining yangi xorijiy a’zolari bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Behzod Yuldashev bugungi kunda Rossiya Ta’lim va fan vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi a’zosi ham sanaladi.
U 400 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan 3 ta monografiya va 20 dan ortiq ixtirolar muallifi hisoblanadi. Uning ilmiy rahbarligida 9 nafar fan doktori va 30 ga yaqin fan nomzodlari tayyorlagan.
Behzod Sodiqovich Yuldashev 1945-yil 9-mayda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1968-yilda Toshkent davlat universitetining yadro fizikasi fakultetini imtiyozli tugatgan, 1971-yilda Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (Dubna)da nomzodlik, 1981-yilda fizika-matematika fanlari doktori dissertatsiyasini himoya qilgan.
1990-2006 yillarda va 2017-2020 yillarda O‘zR FA Yadro fizikasi instituti direktori sifatida faoliyat yuritgan.
Asosiy ilmiy-tashkiliy faoliyati elementar zarralar fizikasi, yadro fizikasi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va tibbiyot sohalarida yadro texnologiyalaridan foydalanish kabi masalalarni qamrab oladi.
400 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan 3 ta monografiya va 20 dan ortiq ixtirolar muallifi. Ilmiy rahbarligida 9 nafar fan doktori va 30 ga yaqin fan nomzodlari tayyorlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Parlament a’zosi - senatori (2001-2005-yy., 2020-yildan hozirgi vaqtga qadar).
“Mehnat shuhrati” hamda "Fidokorona xizmatlari uchun" ordenlari bilan taqdirlangan. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi "Fan arbobi" faxriy unvoniga ega.