Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrainalik jangarilar ustidan tribunal sudi qayerda o‘tishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishUkrainskie voyennoplennie v ispravitelnom uchrejdenii DNR
Ukrainskie voyennoplennie v ispravitelnom uchrejdenii DNR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2022
Obuna bo‘lish
Ukrainalik jangarilar ustidan oraliq tribunal Mariupolda bo‘lib o‘tadi. Unga Yevropa davlatlari vakillari ham chaqirilishi mumkin.
TOShKENT, 2-iyun – Sputnik. Ukrainalik jangarilar ustidan dastlabki tribunal sudi Mariupolda o‘tkazilishi mumkin, deb ma’lum qildi “RIA Novosti”ga Donesk Xalq Respublikasi Xalq kengashi jinoiy va ma’muriy qonunchilik qo‘mitasi raisi Yelena Shishkina.
"Biz Belgorod viloyatining o‘qqa tutilishini ko‘rmoqdamiz. Shuning uchun biz Rossiya Federatsiyasi hududida tribunalning bir qismini o‘tkazishni istisno qilmaymiz. Mariupol shahrida oraliq, xususan, Mariupol tribunali bo‘lib o‘tadi. ”, dedi deputat.
Shishkina tribunal yoz oxirigacha bo‘lishi mumkinligini aytdi. Hozirda DXR Bosh prokuraturasi va Rossiya bo‘limlari o‘z nizomini ishlab chiqmoqda, dalillar bazasi Inson huquqlari bo‘yicha vakilning mintaqaviy boshqarmasi tomonidan to‘planmoqda.
Respublika parlamenti vakili aytishiga ko‘ra, tribunal suddagi jarayon milliy qonunchilikka bog‘lanmaydi. Tribunalga Yevropa davlatlarining vakillari ham chaqirilishi mumkin, ammo qaysi biri hozircha aniqlanmagan.
Ma’lumot uchun, tribunal sudi - favqulodda yoki harbiy harakatlar vaziyatida o‘tkaziladigan sudlar bo‘lib ular milliy qonunchilikka asoslanmagan holda, harbiy vaqt qonunlari asosida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada jangarilari jinoiy javobgarlikka tortilgan Azov polkining millatchilari Rossiya harbiylari Mariupoldagi Azovstal zavodi hududini o‘z nazoratiga olganidan keyin taslim bo‘lishdi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada harbiy operatsiya boshlagan. Prezident Vladimir Putin uning maqsadini "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan zo‘ravonlik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining jangovar salohiyati allaqachon sezilarli darajada qisqartirilgan.
Yangiliklar lentasi
0