https://oz.sputniknews.uz/20220602/qashqadaryoda-24953910.html
Qashqadaryoda hujjatida 20-yil o‘g‘il bola ismi bilan yurgan qiz aniqlandi
Qashqadaryoda hujjatida 20-yil o‘g‘il bola ismi bilan yurgan qiz aniqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Hujjatlardagi xatolik tufayli qizga “Shafoatov Olim” deb yozilgan guvohnoma berib yuborilgan. 02.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-02T12:57+0500
2022-06-02T12:57+0500
2022-06-02T12:57+0500
jamiyat
qashqadaryo viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/02/24952639_0:20:762:449_1920x0_80_0_0_30abe475b3aa96755a055b61dcca3fb0.jpg
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Qashqadaryoda 20-yil o‘g‘il bola ismi bilan yurgan qizga o‘z ismi yozilgan guvohnoma berildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” ma’lum qildi.Qayd etilishicha, Dehqonobod tumanining tog‘li Duob va Terakli qishloqlari aholisi uchun tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi o‘tkazgan sayyor qabulda 20-yildan buyon “Shafoatov Olim” deya qayd etilgan guvohnoma bilan yashab yurgan qiz murojaat qilgan.Aniqlanishicha, u tug‘ilganida yanglishib, “Shafoatov Olim” deb yozilgan guvohnoma berib yuborilgan. Tog‘li qishloqning tuman markazidan 180 kilometr uzoqda joylashgani va markazga borish qiyin bo‘lgani sababli bu qizning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi o‘zgartirilmay qolib ketgan.Bundan tashqari, sayyor qabulda turmush qurganiga 4-yil bo‘lgan, shar’iy nikoh orqali yashab kelayotgan kelin-kuyovga qonuniy nikohdan o‘tganligi to‘g‘risidagi, 17 nafar bolaga tug‘ilganligi, 8 oilaga esa nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomalar topshirilgan.
qashqadaryo viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/02/24952639_0:0:762:573_1920x0_80_0_0_ab7f8e5b8bca5007c18d3968e3385ca9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, qashqadaryo viloyati
jamiyat, qashqadaryo viloyati
Qashqadaryoda hujjatida 20-yil o‘g‘il bola ismi bilan yurgan qiz aniqlandi
Hujjatlardagi xatolik tufayli qizga “Shafoatov Olim” deb yozilgan guvohnoma berib yuborilgan.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Qashqadaryoda 20-yil o‘g‘il bola ismi bilan yurgan qizga o‘z ismi yozilgan guvohnoma berildi. Bu haqda
“Xalq so‘zi” ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Dehqonobod tumanining tog‘li Duob va Terakli qishloqlari aholisi uchun tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi o‘tkazgan sayyor qabulda 20-yildan buyon “Shafoatov Olim” deya qayd etilgan guvohnoma bilan yashab yurgan qiz murojaat qilgan.
Aniqlanishicha, u tug‘ilganida yanglishib, “Shafoatov Olim” deb yozilgan guvohnoma berib yuborilgan. Tog‘li qishloqning tuman markazidan 180 kilometr uzoqda joylashgani va markazga borish qiyin bo‘lgani sababli bu qizning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi o‘zgartirilmay qolib ketgan.
“Kech bo‘lsada bu xato to‘g‘rilandi. Biz sayyor qabuldan so‘ng “Shafoatov Olim” guvohnomasi bilan yurgan qizga “Shafoatova Muqaddam Ravshan qizi” deb qayd etilgan guvohnomani topshirdik. Endilikda bu tog‘ qishloqlarida yiliga ikki marta sayyor qabul o‘tkazishni mo‘ljallayapmiz”, - deydi Dehqonobod tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi mudirasi Ozoda Ashurova.
Bundan tashqari, sayyor qabulda turmush qurganiga 4-yil bo‘lgan, shar’iy nikoh orqali yashab kelayotgan kelin-kuyovga qonuniy nikohdan o‘tganligi to‘g‘risidagi, 17 nafar bolaga tug‘ilganligi, 8 oilaga esa nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomalar topshirilgan.