Peskov: dunyo oziq-ovqat inqirozi yoqasida

© Sputnik / Sergey GuneyevZamestitel rukovoditelya administratsii prezidenta RF, press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov
Zamestitel rukovoditelya administratsii prezidenta RF, press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2022
Obuna bo‘lish
Peskov: oziq-ovqat inqirozi Qora dengiz portlariga yaqinlashish yo‘llarini minalagan Ukraina rasmiylarining harakatlari bilan bog‘liq.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov g‘alla yetkazib berish bilan bog‘liq vaziyatni Moskvaga qarshi noqonuniy sanksiyalar va Kiyev harakatlari bilan bog‘ladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy don yetkazib beruvchilardan biri Rossiyada g‘alla muammosi doimiy ravishda kun tartibida. Moskva harakatlariga nisbatan kiritilgan noqonuniy sanksiyalar oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin.

“Bu mavzu turli kanallar orqali muhokama qilinmoqda. Haqiqatan ham biz potensial ravishda asosiy yetkazib beruvchilardan biriga, ya’ni bizga nisbatan noqonuniy cheklovlar joriy etilishi bilan bog‘liq juda og‘ir oziq-ovqat inqirozi yoqasida turibmiz”, - deya ta’kidladi Peskov.

Shuningdek, Peskovning qo‘shimcha qilishicha, oziq-ovqat inqirozi Qora dengiz portlariga yaqinlashish yo‘llarini minalagan Ukraina rasmiylarining harakatlari bilan bog‘liq. Rossiya Federatsiyasi don ortilgan kemalarning o‘tishiga hech qanday to‘sqinlik qilmagan.

“Rossiya tomoni don yuklangan kemalarni xalqaro maydonlarga olib chiqishda yordam berishga tayyor, bu yerda Rossiya tomonidan hech qanday to‘siq yo‘q”, dedi Peskov.
Shuningdek, Kreml rasmiysi Anqaraning Moskva va Kiyev Turkiyaning Ukraina kemalarini g‘alla bilan olib chiqishda vositachilik qilish taklifiga ijobiy munosabat bildirgani haqidagi bayonotlarini sharhlar ekan, hozircha aniq kelishuvlarga erishilmaganini aytdi.
“Aniq kelishuv yo‘q. Darhaqiqat, Turkiya tomoni ham, boshqa tomonlar ham [Rossiya prezidenti] Vladimir Putindan batafsil tushuntirish oldi. Yaqinda suhbatlashgan barcha davlat va hukumat rahbarlari hamda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga ham Putin batafsil tushuntirdi, Rossiya [don ortilgan kemalarning o‘tishiga] to‘sqinlik qilmayapti”, dedi u.
Shu bilan birga, Peskov Rossiya tashqi ishlar vazirining Turkiyaga tashrifi rejalashtirilganini tasdiqladi. Ammo sanasini ochiqlamadi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi Rajab Tayyip Erdog‘an bilan suhbat chog‘ida Moskva Ukrainadan dengiz orqali yuk tashish, jumladan, don eksportini osonlashtirishga tayyorligini aytgan edi.
Yangiliklar lentasi
0