https://oz.sputniknews.uz/20220602/ozbekiston-birjasida-birinchi-marta-un-boyicha-ochiq-savdo-bolib-otdi-24949119.html
O‘zbekiston birjasida birinchi marta un bo‘yicha ochiq savdo bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston birjasida birinchi marta un bo‘yicha ochiq savdo bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
Birinchi kuni “O‘zdonmahsulot” korxonalari 10 ming tonna 1-navli unni savdoga qo‘ygan va shundan 83 foizi sotilgan. 02.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-02T10:29+0500
2022-06-02T10:29+0500
2022-06-02T10:29+0500
iqtisod
un
o‘zbekiston tovar xom-ashyo birjasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/02/24948989_0:159:3077:1890_1920x0_80_0_0_b6a7d595177d7c950604ac2aa171a3f5.jpg
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. 1-iyun kuni O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasida un mahsuloti bo‘yicha dastlabki ochiq birja savdolari o‘tkazildi.Birja xabariga ko‘ra, “O‘zdonmahsulot” AJ tarkibidagi 44 ta korxona tomonidan bugungi birja savdolariga 10,0 ming tonna 1-navli un qo‘yilgan va ulardan 8,3 ming tonnasi, ya’ni 83 foizi sotilgan.Birja savdolarida sotilmagan qoldiq unning hajmi qariyb 1,7 ming tonnani tashkil etgan. Ya’ni birjaning un bozorida taklif yetarli darajada bo‘lgan.O‘tkazilgan birja savdo yakunlariga ko‘ra 1-navli unning o‘rtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 4,5 mln so‘mni tashkil qildi.Birjada un bo‘yicha shakllangan kotirovka uning boshlang‘ich narxiga (4,2 mln so‘m) nisbatan 6 foizga o‘sdi.Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “buxanka” non narxi oshganiga munosabat bildirdiUn bo‘yicha o‘tkazilgan birja savdolarida jami 2 822 xaridor ishtirok etgan bo‘lib, ulardan 56 tasi Toshkentda non ishlab chiqaruvchi korxonalar hisoblanadi. Bu korxonalar birjada jami 874 tonna 1-navli un sotib olgan.Eslatib o‘tamiz, 1-iyundan davlat g‘allani bozor narxlarida sotib olishni boshladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/02/24948989_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_7b167b45ca197f77cb7b2cdf6602bc19.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, un, o‘zbekiston tovar xom-ashyo birjasi
iqtisod, un, o‘zbekiston tovar xom-ashyo birjasi
O‘zbekiston birjasida birinchi marta un bo‘yicha ochiq savdo bo‘lib o‘tdi
Birinchi kuni “O‘zdonmahsulot” korxonalari 10 ming tonna 1-navli unni savdoga qo‘ygan va shundan 83 foizi sotilgan.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. 1 iyun kuni O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasida un mahsuloti bo‘yicha dastlabki ochiq birja savdolari o‘tkazildi.
Birja xabariga
ko‘ra, “O‘zdonmahsulot” AJ tarkibidagi 44 ta korxona tomonidan bugungi birja savdolariga 10,0 ming tonna 1-navli un qo‘yilgan va ulardan 8,3 ming tonnasi, ya’ni 83 foizi sotilgan.
Birja savdolarida sotilmagan qoldiq unning hajmi qariyb 1,7 ming tonnani tashkil etgan. Ya’ni birjaning un bozorida taklif yetarli darajada bo‘lgan.
O‘tkazilgan birja savdo yakunlariga ko‘ra 1-navli unning o‘rtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 4,5 mln so‘mni tashkil qildi.
Birjada un bo‘yicha shakllangan kotirovka uning boshlang‘ich narxiga (4,2 mln so‘m) nisbatan 6 foizga o‘sdi.
Un bo‘yicha o‘tkazilgan birja savdolarida jami 2 822 xaridor ishtirok etgan bo‘lib, ulardan 56 tasi Toshkentda non ishlab chiqaruvchi korxonalar hisoblanadi. Bu korxonalar birjada jami 874 tonna 1-navli un sotib olgan.
Eslatib o‘tamiz, 1-iyundan davlat g‘allani bozor narxlarida sotib
olishni boshladi.