https://oz.sputniknews.uz/20220602/mirziyoev-va-rahmon-tor-doirada-uchrashuv-otkazdi-24966219.html
Mirziyoyev va Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazdi
Mirziyoyev va Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazdilar.
2022-06-02T18:43+0500
2022-06-02T18:43+0500
2022-06-02T18:44+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
emomali rahmon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/02/24965743_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_9b32c445bbf04b12f55db0c47d698f0f.jpg
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazdilar.Ta’kidlanishicha, muzokaralarda asosiy e’tibor ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikning kun tartibini tubdan kengaytirish masalalariga qaratildi.Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston strategik sherikligini yanada rivojlantirish yo‘lidan qat’iy borishlarini tasdiqladilar.Davlat rahbarlari savdoni faol kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, ikki mamlakatning logistika va tranzit imkoniyatlarini rivojlantirish hamda suv energetikasi loyihalarini amalga oshirish orqali munosabatlarni yangi amaliy mazmun bilan boyitishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.Mintaqaviy va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashildi, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.Ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga tomonlarning intilishi qat’iy ekani ta’kidlandi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelgani xabar qilingan edi. Tashrif ikki kun davom etadi. Rejalashtirilgan sammit yakunida ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolanishi kutilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/02/24965743_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_70639b22e826126e1ee48f25ad69881c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
emomali rahmon o‘zbekistonga tashrif mirziyoyev hamkorlik uchrashuv
emomali rahmon o‘zbekistonga tashrif mirziyoyev hamkorlik uchrashuv
Mirziyoyev va Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazdi
18:43 02.06.2022 (yangilandi: 18:44 02.06.2022) Ikki davlat yetakchilari ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston strategik sherikligini yanada rivojlantirish yo‘lidan qat’iy borishlarini tasdiqladilar.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazdilar.
“Davlat rahbarlari birodar xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalariga asoslangan o‘zaro manfaatli O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligini yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar”, - deyigan O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati
xabarida.Ta’kidlanishicha, muzokaralarda asosiy e’tibor ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikning kun tartibini tubdan kengaytirish masalalariga qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston strategik sherikligini yanada rivojlantirish yo‘lidan qat’iy borishlarini tasdiqladilar.
Davlat rahbarlari savdoni faol kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, ikki mamlakatning logistika va tranzit imkoniyatlarini rivojlantirish hamda suv energetikasi loyihalarini amalga oshirish orqali munosabatlarni yangi amaliy mazmun bilan boyitishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Mintaqaviy va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashildi, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga tomonlarning intilishi qat’iy ekani ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelgani
xabar qilingan edi. Tashrif ikki kun davom etadi. Rejalashtirilgan sammit yakunida ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolanishi kutilmoqda.