Birja savdolariga qo‘yilayotgan shakar hajmi 3 000 tonnagacha oshiriladi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishSaxar
Saxar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2022
Obuna bo‘lish
Qo‘shni va boshqa MDH mamlakatlarida shakar taqchilligi bilan bog‘liq muammo yuzaga kelmoqda.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Shakarga bo‘lgan talabning mavsumiy oshishi sharoitida birja savdolariga chiqariladigan shakar hajmi iyun oyidan boshlab 50 foizgacha oshiriladi. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston bozorlarida shakar narxining oshishi yuzasidan ko‘plab xabarlar tarqaldi.
Aytilishicha, bugungi kunda ichki bozorda 1 kg shakarning o‘rtacha narxi 9 500 – 13 000 so‘m doirasida shakllanmoqda. Ayrim savdo nuqtalarida shakar narxining 14 000 so‘mgacha ko‘tarilgani kuzatilgan.
“Qo‘shni va boshqa MDH mamlakatlarida shakar narxi 52 foizga (14 000 so‘mdan 21 000 so‘mgacha) o‘sishi bilan bir qatorda, ushbu mahsulot taqchilligi bilan bog‘liq muammo va xatarlar yuzaga kelayotgani kuzatilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, mamlakat ichidagi narxlarni qo‘shni davlatlardagiga nisbatan keskin farq qiluvchi darajada saqlab qolishning deyarli imkoni yo‘q.
Mamlakatda shakar ishlab chiqarish hajmi yanvar-may oylarida o‘tgan yil shu davriga nisbatan 35 ming tonnaga oshgan. Ya’ni taklif hajmi oshganligiga qaramay (birja orqali sotilgan hajm 177 ming tonnadan 186 ming tonnagacha ko‘paygan) shakar narxi, asosan, tashqi omillar ta’sirida o‘sishi kuzatilgan.
Vazirlik izohida aytilishicha, respublikada shakar tanqisligi mavjud emas va ichki bozorni yil yakuniga qadar shakar bilan to‘yintirish bo‘yicha barcha zaxiralar yaratilgan.
Unga ko‘ra, birjadagi savdolarga qo‘yilayotgan shakar hajmi amaldagi 2 000 tonnadan 3 000 tonnagacha oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0