https://oz.sputniknews.uz/20220602/aqshda-yana-otishma-besh-kishi-halok-boldi-24953252.html
AQShda yana otishma: besh kishi halok bo‘ldi
AQShda yana otishma: besh kishi halok bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Bu safar Oklaxoma shtatining Tulsa shahri odamlarning ommaviy qotillik joyiga aylandi. 02.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-02T12:45+0500
2022-06-02T12:45+0500
2022-06-02T12:45+0500
dunyoda
aqsh
otishma
ommaviy qotillik
irqchilik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/303/30/3033045_0:139:3147:1909_1920x0_80_0_0_d59aec20b6cab5e58c7eefec43b808ca.jpg
TOShKENT, 2-iyun – Sputnik. AQShning Oklaxoma shtati Talsa shahrida otishmada besh kishi halok bo‘ldi. Ular orasida jinoyatda gumon qilinayotgan shaxs ham bor, deb xabar berdi mahalliy politsiya vakili jurnalistlarga. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.Uning so‘zlariga ko‘ra, 35-40 yoshlardagi qora tanli erkak tibbiyot markazi hududida miltiq va to‘pponchadan o‘q uzgan, so‘ng o‘z joniga qasd qilgan.Oq uyning ma’lum qilishicha, fojia haqida AQSh prezidenti Jo Bayden xabardor qilingan.Tulsadagi otishma Qo‘shma Shtatlardagi ommaviy qotilliklarning qayg‘uli ro‘yxatiga qo‘shildi.Ma’lumot uchun, AQShda so‘nggi kunlarda irqiy nafrat tufayli sodir etilayotgan ommaviy qotilliklar odatiy holga aylanib qolgan. Xususan, ikki hafta oldin, Nyu-Yorkning Buffalo shahridagi oziq-ovqat do‘konida 18 yoshli oq tanli yigit, irqiy nafrat tufayli o‘n kishini otib tashlagan edi.25 may kuni AQShning Texas shtatining Uvalde shahridagi, avtomat bilan qurollangan 18 yoshli yigib, boshlang‘ich maktabga bostirib kirib 18 nafar bolani (7-10 yoshli) va 3 nafar katta yoshli fuqaroni otib tashlagan edi. Aytish joizki ushbu maktabda 90% meksikaliklarning bolalari o‘qiydi. Bu fojea so‘nggi 10-yilda sodir bo‘lgan ommaviy qotilliklarning eng qonlisi deyilmoqda. 2012-yilning 14-dekabrida Konnektikut shtatidagi Sandy Huk qishlog‘ida 20 nafar talaba va olti nafar katta yoshli maktab ishchisi halok bo‘lgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/303/30/3033045_207:0:2938:2048_1920x0_80_0_0_28d9648744ed08e2a677f7a1c95d733f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aqsh, otishma, ommaviy qotillik, irqchilik
dunyoda, aqsh, otishma, ommaviy qotillik, irqchilik
AQShda yana otishma: besh kishi halok bo‘ldi
Bu safar Oklaxoma shtatining Tulsa shahri odamlarning ommaviy qotillik joyiga aylandi.
TOShKENT, 2-iyun – Sputnik. AQShning Oklaxoma shtati Talsa shahrida otishmada besh kishi halok bo‘ldi. Ular orasida jinoyatda gumon qilinayotgan shaxs ham bor, deb xabar berdi mahalliy politsiya vakili jurnalistlarga. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 35-40 yoshlardagi qora tanli erkak tibbiyot markazi hududida miltiq va to‘pponchadan o‘q uzgan, so‘ng o‘z joniga qasd qilgan.
"To‘rt begunoh odam halok bo‘ldi. Otishma o‘z-o‘zidan olgan jarohatidan vafot etdi", - dedi politsiyachi matbuot anjumanida.
Oq uyning ma’lum qilishicha, fojia haqida AQSh prezidenti Jo Bayden xabardor qilingan.
“Oq uy vaziyatni diqqat bilan kuzatib boradi va yordam taklif qilish uchun shtat va shahar rasmiylari bilan bog‘landi”, — deyiladi xabarda.
Tulsadagi otishma Qo‘shma Shtatlardagi ommaviy qotilliklarning qayg‘uli ro‘yxatiga qo‘shildi.
Ma’lumot uchun, AQShda so‘nggi kunlarda irqiy nafrat tufayli sodir etilayotgan ommaviy qotilliklar odatiy holga aylanib qolgan.
Xususan, ikki hafta oldin, Nyu-Yorkning Buffalo shahridagi oziq-ovqat do‘konida 18 yoshli oq tanli yigit, irqiy nafrat tufayli o‘n kishini otib tashlagan edi.
25 may kuni AQShning Texas shtatining Uvalde shahridagi, avtomat bilan qurollangan 18 yoshli yigib, boshlang‘ich maktabga bostirib kirib 18 nafar bolani (7-10 yoshli) va 3 nafar katta yoshli fuqaroni otib tashlagan edi. Aytish joizki ushbu maktabda 90% meksikaliklarning bolalari o‘qiydi.
Bu fojea so‘nggi 10-yilda sodir bo‘lgan ommaviy qotilliklarning eng qonlisi deyilmoqda. 2012-yilning 14-dekabrida Konnektikut shtatidagi Sandy Huk qishlog‘ida 20 nafar talaba va olti nafar katta yoshli maktab ishchisi halok bo‘lgan edi.