Toshkentda qolipli non narxi oshdi

© Sputnik / Vitaliy TimkivXleb
Xleb - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2022
Obuna bo‘lish
Bugundan boshlab Toshkent do‘konlarida buxanka nonning narxi 2 800 so‘mni tashkil etmoqda.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Bugundan boshlab uning narxi 2 800 so‘mni tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
Narx ko‘tarilgunga qadar mahalliy bug‘doy navidan tayyorlangan bo‘lka non 1600 so‘m edi.
Bundan avvalroq Moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i To‘lqin Mirzayev O‘zbekistonda un narxi yuzasidan izoh bergandi.
Uning aytishicha, hozir bozorlarda un narxining ko‘tarilishi vaqtinchalik hodisa.
Ukrainadagi vaziyat tufayli jahon bozoridagi holat va buning oqibatida import qilinadigan un narxining qimmatligi narxlarning oshishiga sabab bo‘ldi.
Ayni paytda respublikaning o‘z zaxiralari yetarli va yaqin kunlarda bozorda qo‘shimcha 50 ming tonna mahalliy un paydo bo‘ladi. Bu chora narxlarni barqarorlashtirishga yordam beradi, dedi Mirzayev.
Moliya vazirligi vakili qolipli non narxining o‘zgarishi kutilayotganini aytgandi.
"Un narxini erkinlashtirish raqobat muhitini yaratadi. Narxlar ko‘tarilmaydi, faqat Toshkent shahrida buxanka non narxining o‘zgarishi kutilmoqda. Bozorlarda esa aksincha, narxlarning pasayishi prognoz qilinmoqda”, - dedi u.
Yangiliklar lentasi
0