Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “buxanka” non narxi oshganiga munosabat bildirdi

© Sputnik / Maksim BogodvidXleb
Xleb - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2022
Obuna bo‘lish
1 iyundan boshlab Toshkent do‘konlarida "buxanka" nonlarni 2 800 so‘mdan sotish boshlandi. MQKQ bu holat yuzasidan tezkor o‘rganish olib bordi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. 1 iyundan Toshkent shahri do‘konlarida qolipli non (buxanka) narxi 1400−1600 so‘mdan 2800 so‘mgacha qimmatlashgani ma’lum bo‘ldi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (MQKQ) bu holat yuzasidan tezkor o‘rganish olib bordi.
Aniqlanishicha, "buxanka" non narxi Toshkent shahrida eng yuqori — 2800 so‘m, Qashqadaryoda viloyatida eng past — 1650 so‘m, respublika bo‘yicha o‘rtacha narx esa 2250 so‘mni tashkil etmoqda.
Agentlik xabariga ko‘ra, un mahsuloti 2022-yil iyun oyidan boshlab birja savdolariga yetarli miqdorda qo‘yilmoqda va bu jarayon ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan. Respublikada un mahsuloti zaxirasi shakllantirilgan bo‘lib, narx-navolarning keskin oshib ketmasligi uchun zarur miqdorda un savdolarga qo‘yib boriladi.
Xususan, iyun oyida 170 ming tonna un birjaga qo‘yilishi, bunda har bir non ishlab chiqaruvchi uchun teng sharoit yaratish maqsadida kichik lotlarda (3 tonnadan) qo‘yilmoqda. 1-iyun holatida 50,5 ming tonnadan ortiq un mahsuloti qoldig‘i mavjud bo‘lib, avgust oyigacha un ishlab chiqarish uchun korxonalarda zarur don qoldig‘i mavjud.
“Non ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar hamda aholidan bu borada xavotirga tushmasliklarini, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan asoslanmangan ma’lumotlarga ishonib, sun’iy ajiotaj vujudga keltirmasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyilgan xabarda.
Qo‘mita bozorda sun’iy tanqislik yuzaga kelishi va narxlarning keskin oshib ketish holatlari kuzatganda, ishonch telefoniga (71-207-47-00), Iste’molchilar huquqini himoya qilish agentligi Call-markaziga (1159 qisqa raqam) yoki qo‘mitaning matbuot xizmatiga (71-207-47-00 (ichki 224) murojaat qilish mumkinligini eslatgan.
Yangiliklar lentasi
0