https://oz.sputniknews.uz/20220601/kop-kvartirali-uylarni-noqonuniy-ozgartirganlik-uchun-jarima-belgilandi--24930047.html
Ko‘p xonadonli uy konstruksiyasini o‘zgartirish uchun jarima belgilandi
Ko‘p xonadonli uy konstruksiyasini o‘zgartirish uchun jarima belgilandi
Sputnik O‘zbekiston
Uylar konstruksiyalarini noqonuniy o‘zgartirgan fuqarolar 9 mln so‘mgacha va mansabdor shaxslar esa 15 mln so‘mgacha jarima to‘laydi. 01.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-01T13:38+0500
2022-06-01T13:38+0500
2022-06-01T13:44+0500
jamiyat
jarima
uy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/13/20967552_215:461:2809:1920_1920x0_80_0_0_072d21f9edb23270ada38562fee987e8.jpg
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Ko‘p kvartirali uylar konstruksiyalarini noqonuniy o‘zgartirganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bu prezident tomonidan imzolangan O‘RQ–773-sonli qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Soliq kodekslariga kiritilgan o‘zgartirishlarda nazarda tutilgan.Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzish mansabdor shaxslarga BHMning 15 baravari (4 mln 500 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.Ko‘p kvartirali uylardagi tayanch va to‘siq konstruksiyalarni qonunchilikni hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda o‘zgartirish yoki rekonstruksiya qilish jarima solishga sabab bo‘ladi. Shuningek, uylarda va unga tutash yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan imoratlar (inshootlar) qurish ishlarini amalga oshirish ham ta’qiqlanadi.Jarima miqdori quyidagicha:Ushbu huquqbuzarlikni (to‘siq konstruksiyalarga oid qismida) birinchi marta sodir etgan shaxs, o‘zgarish oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra:- boshqaruvchi tashkilotlar yoki ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash, shuningdek ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda bajarilayotgan ishlar bo‘yicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi;- bu bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan hamda bajarilgan ishlardan olingan mablag‘lar soliqqa tortilmaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/13/20967552_234:0:2907:2005_1920x0_80_0_0_8c8078b6649b157cccdd4f530db21051.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, jarima, uy
Ko‘p xonadonli uy konstruksiyasini o‘zgartirish uchun jarima belgilandi
13:38 01.06.2022 (yangilandi: 13:44 01.06.2022) Uylar konstruksiyalarini noqonuniy o‘zgartirgan fuqarolar 9 mln so‘mgacha va mansabdor shaxslar esa 15 mln so‘mgacha jarima to‘laydi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Ko‘p kvartirali uylar konstruksiyalarini noqonuniy o‘zgartirganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bu prezident tomonidan imzolangan O‘RQ–773-sonli qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Soliq kodekslariga kiritilgan o‘zgartirishlarda nazarda
tutilgan. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzish mansabdor shaxslarga BHMning 15 baravari (4 mln 500 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ko‘p kvartirali uylardagi tayanch va to‘siq konstruksiyalarni qonunchilikni hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda o‘zgartirish yoki rekonstruksiya qilish jarima solishga sabab bo‘ladi. Shuningek, uylarda va unga tutash yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan imoratlar (inshootlar) qurish ishlarini amalga oshirish ham ta’qiqlanadi.
Jarima miqdori quyidagicha:
fuqarolarga BHMning 30 baravarigacha (9 mln so‘mgacha);
mansabdor shaxslarga 50 baravarigacha (15 mln so‘mgacha).
Ushbu huquqbuzarlikni (to‘siq konstruksiyalarga oid qismida) birinchi marta sodir etgan shaxs, o‘zgarish oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra:
- boshqaruvchi tashkilotlar yoki ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash, shuningdek ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda bajarilayotgan ishlar bo‘yicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi;
- bu bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan hamda bajarilgan ishlardan olingan mablag‘lar soliqqa tortilmaydi.