Jomboylik tadbirkor quyosh fotoelektr stansiyasini ishga tushirdi

© MinenergoFermer ustanovil solnechnie paneli na 60 kVt
Fermer ustanovil solnechnie paneli na 60 kVt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2022
Obuna bo‘lish
Quyosh fotoelektr stansiyasi yiliga qariyb 20 mln so‘mlik elektr energiyasini iqtisod qilish imkonini beradi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Samarqand viloyati Jomboy tumanida quvvati 60 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.
Mamlakatdagi tadbirkorlar tomonidan ham yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash va uzluksiz elektr ta’minotini amalga oshirish maqsadida ekin maydonlariga qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatilib, elektr energiyasini ishlab chiqarish ishlari amalga oshirilmoqda.
“To‘qqizboy” mahallasidagi “Oxalik oltin bog‘i mevasi” MChJga qarashli hududga quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatildi. Ushbu stansiya intensiv bog‘ va dala ekinlarini sug‘orish tizimi elektr qurilmalari uchun mo‘ljallangan.
Endilikda tadbirkor yiliga qariyb 20 mln so‘mlik elektr energiyasini iqtisod qiladigan bo‘ldi.
“Ishga tushirilgan loyiha natijasida yiliga 43,2 ming kVt.soat (19,44 mln. so‘mlik) elektr energiyasi tejaladi”, deyiladi xabarda.
© MinenergoFermer ustanovil solnechnie paneli na 60 kVt
Fermer ustanovil solnechnie paneli na 60 kVt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2022
Fermer ustanovil solnechnie paneli na 60 kVt
Yangiliklar lentasi
0