Yevropa sanksiyalar bilan o‘z oyog‘iga o‘zi bolta urishda davom etmoqda
21:11 01.06.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023)
© Sputnik / Vladimir SergeyevFlagi Rossii, YeS i Fransii na naberejnoy Nissi.
© Sputnik / Vladimir Sergeyev
Obuna bo‘lish
"Do‘zaxiy" sanksiyalari ish bermayotgan, olmasa boshqalar olishga tayyor bo‘lgan Rossiya nefti, muqobili yo‘qligi uchun cheklash imkoni bo‘lmagan Rossiya gazi fonida, Yevropaning navbatdagi sanksiyalari - cho‘kayotgan odamning noilojlikdan xasga yopishishiga o‘xshaydi.
Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi birlik va matonat pozitsiyasi haqida balandparvoz so‘zlari hamda Ukrainadagi geosiyosiy inqirozning baholanishi (“qoralaymiz, to‘g‘ri kelmaydigan deb hisoblaymiz, Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun bor kuchimizni safarbar etamiz” kabi) orasida Italiya vazirlar mahkamasi rahbari Mario Dragining qimtinibgina: “YeIning deyarli barcha yirik mamlakatlari Ukrainaga a’zolik maqomini berishga qarshi” - deb aytgan so‘zlari eshitilmay qoldi.
Ma’lumki, yoqimsiz faktlarni axloq-odob qoidalariga rioya qilgan holda, past ovozda va xuddi bexosdan aytish kerak.
Va qit’aning eng yaxshi bankirlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, (Dragi Goldman Sachs kabi muassasada Yevropa yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul bo‘lgan. Keyin esa Italiya Markaziy banki, so‘ngra butun Yevropa Markaziy bankiga rahbarlik qilgan), aslida Kiyevning teng huquqli suhbatdek ro‘yobga chiqmagan umidlari kvintessensiyasi belgilangan.
Ukrainani albatta hojalarning dasturxonidan qolgan sarqitlar bilan boqib turishadi. Biroq, yaqin kelajakda unga dasturxon oldiga o‘tirishga, hatto yaqin yo‘lashga aslo ruxsat berishmaydi.
Rad javobini berishdek achchiq haqiqatni biroz shirinlashtirish va o‘zini Kiyevning yangi jazavalaridan himoya qilish maqsadida Brusselda asabiy ukrain hukumatiga pul bermaslikka qaror qilishdi.
Ularning aytishlaricha, “tajovuzkorga bas kelish uchun” har oyiga taxminan besh milliard yevro kerak bo‘larmish. Brussel umumevropa valyutasida to‘qqiz milliard berishga so‘z berdi. Bu Kiyevning o‘z ichki budjet majburiyatlarini bajarish uchun ikki oy imkoni bor degani. To‘g‘ri, yevropaliklar (axir u yerda kimga qarasangiz yo bankir, yo moliyachi yoki yurist) bu pullar “xohlaganingcha ishlataver” xilidan emas, balki kredit manbalari ekanligini yumshoq qilib eslatib qo‘yishdi. Boshqacha aytganda, Kiyevga shunchaki qarz berishdi. To‘g‘ri, uzoq muddatga. Va, yana to‘g‘ri, katta bo‘lmagan foizlarda. Ammo qanday bo‘lmasin, birovning pullarini vaqtincha berib turishibdi. Ukraina esa bu pullarni abadiy qaytarishga majbur bo‘ladi.
Xo‘sh, shunaqasi ham bo‘lar ekan, endi tishning kovagida asraganni ham sarflash kerak.
Brussel o‘z oyog‘iga bolta urmaslik uchun shuningdek, Rossiyani ham neftdan kelayotgan “ulkan daromadlardan mahrum qilishga” qaror qildi. Tankerlarda yetkaziladigan neftga embargo qo‘llanmoqda. Yevropaga yaqin yarim yilda dengiz bo‘yicha keladigan qora oltindan voz kechishga to‘g‘ri keladi.
Ikki markaziy yevroburokrat – fon der Lyayen va Mishel bu haqida habar berganda London birjasida bir barrelning narxi oshib ketdi. Neft brokerlarini xursand qiluvchi bunday statistika bilan birgalikda yana shunday bir xabar chiqdiki, bundan mintaqaning oddiy aholisining ko‘zlariga yoz keldi: Ukrainani himoya qilish uchun jon-jahdi bilan kurashayotgan o‘sha Yevropada inflyatsiya ko‘rsatkichlari sakkiz foizlik baryerdan oshib ketdi. Va bu ham eng o‘rtacha ko‘rsatkich. Ukraina ozodligining eng yorqin tarafdori bo‘lmish Litvada ham pulning 17 foizga qadrsizlanishini bashorat qilishmoqda.
O‘zini Yer sharining markazi deb hisoblaydigan kollektiv Yevropa ming mashaqqatlar bilan sanksiyalarning oltinchi paketini tayyorlab bo‘lganda birdaniga hayratdan dong qotdi - Rossiya nefti tezda o‘zining yangi xaridorini topdi. Hindiston Rossiya neftini import qilishni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga qaraganda to‘qqiz barobarga ko‘tarishini rasmiy darajada bayon qildi.
Hayratlari shu qadar katta ediki, Dehlining tanobini tortib qo‘yish uchun hatto Hindistonga ham qarshi sanksiyalar qo‘llash haqida shivir-shivirlar eshitila boshladi. Va shu yerda Borrel chidab turolmadi – va “Biz bu qadar qudratli emasmiz” deb yubordi. Keyin esa bu tinib-tinchimaganlar sug‘urtachilarga tankerlarni sug‘urta qildirmaslik borasida bosim o‘tkazishni istab qolishdi.
Buni eshitib esa Gretsiya va Malta yetakchilarining hayratdan og‘zi ochilib qoldi. To‘g‘rida, Onassis va Niarxos zamonasidan beri tankerlar, neft mahsulotlari va neft yetkazish - davlat daromadlarining eng muhim qismi axir.
Viktor Orbanni esa bu vaziyatda eng abjir shovvoz deb atash mumkin. Yevropalik markaziy liberallar uni sotib olishga o‘ziga og‘dirishga qanchalik harakat qilishmasin, venger premyer-ministri og‘zidagi oldirib ham qo‘ymadi, o‘z saylovchilarini ham xafa qilmadi.
“Biz Yevrokomissiyaning Vengriyada rus neftidan foydalanish taqiqlarini muvaffaqiyatli bartaraf etib, hukumatimizning venger oilalariga bergan va’dasida tura oldik”. Orbanning bayonotida shunday deyilgan edi.
Albatta, Rossiyaga qarshi cheklov choralarining har bir paketi navbatchi to‘plamsiz bo‘lmaydi. Birinchidan, “prezidentga yaqin bo‘lgan shaxslar” (erkin tarjimasi “oligarx” bo‘ladi) qarshi sanksiyalar. Brussel bunday muhim zotlardan saksonta sanaganmish.
Ikkinchidan, banklarning “swiftsizlanishi”. Xarakterli jihati shundaki, yevropaliklar o‘z xalqaro operatsiyalariga unchalik ham bog‘liq bo‘lmagan muassasalarni “swiftsizlantirmoqchi”. Bunday muassasalar o‘z faoliyatini asosan Rossiya va unga do‘st bo‘lgan mamlakatlarga qaratgan.
Uchinchidan, Yevropa demokratiyasi otaxonlarining (onaxonlarining ham) o‘ylashicha, (Rossiyani butunlay yeb-yutish istagi bilan) mamlakatimizga bitta oyna (yoki teshikcha) qoldirib, faqat iqtisodiyotda sanksiya qo‘llash mumkin emas- axir o‘z pozitsiyalarini ham bildirib turishlari kerakku. Shu bois kollektiv G‘arbda hamma hur, ozod va barchasi gullab-yashnagan Rossiya davlat telekanallarining faoliyatiga taqiq qo‘yish muhokama qilindi.
Turli bo‘limlarda ekologiya va iqtisodiyotni yanada “yashillashtirish” mavzusiga ham to‘xtalib o‘tishdi. Buni faqat shaxsiy samolyotlarda, shuningdek, haydovchisi bo‘lgan va bir nechta xavfsizlik mashinalari hamrohligida ko‘p silindrli avtomobillarda sayohat qiluvchi odamlarning muhokama qilgani esa umuman quvonarlidir. Ha, munozaraning o‘zi ham kuchli konditsioner tizimi hisobiga ideal haroratli, jumladan dizaynerlik qandillari bilan yaxshi yoritilgan xonada bo‘lib o‘tgan.
Boshqacha bo‘lishi mumkin edimi?
Yevropaliklarni hojalari minishga majbur qilayotgan velosipedlar va samokatchalar faqatgina saylovchilar, soliq to‘lovchilar uchun mo‘ljallangan. “Lyuks” avtomobillar esa o‘zini odob-ahloq yoki siyosiy “lider” deb hisoblaganlar uchun.
Xavfsizlik masalasi ham (“unutmang, rus ayig‘i sizga uzun tirnoqli panjalarini sanchib turibdi”) bunday muhim siyosiy vaziyatda tilga olinmasligi ham mumkin emasdi.
Hatto ikki marotaba urush qo‘zg‘agan va ikkisida ham “kaput” bo‘lgan, frontda million odamlarini yo‘qotgan va keyinchalik o‘z harakatlari uchun tavba-tazarru qilgan nemislar ham, aftidan yana eski masalani qo‘zg‘atishga qaror qilgan. Shu bois bundesverning budjeti keskin oshirildi: nemis “o‘pka kolbasasi”, to‘g‘rirog‘i federal hukumat kansleri mablag‘lar yuz millard yevroni tashkil etishini e’lon qildi. Boshlanishiga.
Fransiya ham Germaniyadan ortda qolmoqchi emas. Makron ham harbiy budjetlarini qayta ko‘rib chiqadi- bu ham ko‘paytirish to‘g‘risida.
Bu va’dalar shunisi bilan ajoyibki, prezident armiya haqida gapirganda, o‘sha armiya afg‘on qo‘llarida sharmanda bo‘lmaslik uchun o‘z bo‘linmalarini Malidan olib chiqishda davom etdi. Armiyaning jangovar tayyorgarligi haqida gapiradigan bo‘lsak: Fransiya Saxelda mag‘lubiyatga uchradi. Agar harbiy to‘qnashuv yuz berganda mudofaa zarurati tug‘ilganda, ekspertlar ta’kidlaganidek, mamlakat bir necha kun davomida qo‘shinlarni tezkor boshqarish uchun zaxira va imkoniyatlariga ega bo‘lar edi.
Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yangi paketini hashamatli transport vositalaridan foydalanishni, ish vaqtida a’lo darajada ventilyatsiya qilingan va havosi tozalangan xonada o‘tkazishni, odamlar hayotida nimalar bo‘layotganini bilmaslikni afzal qo‘radiganlar tomonidan kiritiladi. Ular odamlar qonini klyukva sharbati deb ko‘radi, arzon-garov jazavalarni esa haqiqiy azob deb qabul qiladi.
Gap Yevropa katta mulozimlarining xalqdan naqadar uzoqda ekanligida emas, balki ularning nima yaxshi va nima yomon ekanligi, haqlarni aniqlash va aybdorlarni sazoyi qilish huquqini o‘ziga berganida. Shuningdek, biznesda yaxshi raqobatchi bo‘layotganlarni cheklash va ularga qo‘shilmaganlarning og‘zini yopish ham.
Yolg‘on siyosatchilar va hokimiyatni qonunga xilof ravishda tortib olganlarning esa exiri doim “voy” bo‘lgan. Va Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi, yigirma oltinchi, va yana o‘ttiz oltinchi paketlarni qo‘llaganda ham birlik va matonat haqida qancha gapirishmasin yomon oqibatlaridan baribir qutulib qolishmaydi.