https://oz.sputniknews.uz/20220601/aqsh-rossiya-aktivlarini-musodara-qilish-oqibatlaridan-qorqadi---oav-24929696.html
AQSh Rossiya aktivlarini musodara qilish oqibatlaridan qo‘rqadi - OAV
AQSh Rossiya aktivlarini musodara qilish oqibatlaridan qo‘rqadi - OAV
Sputnik O‘zbekiston
Bayden ma’muriyati agar Vashington Rossiya Markaziy banki aktivlarini musodara qilsa, boshqa davlatlar AQShni “investitsiyalarni saqlaydigan ishonchli mamlakat”... 01.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-01T14:15+0500
2022-06-01T14:15+0500
2023-04-05T18:37+0500
iqtisodiy urush
dunyoda
aqsh
jo bayden
investitsiya
oltin-valyuta zaxiralari
musodara
markaziy bank
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/12/24648993_0:0:3071:1727_1920x0_80_0_0_95e9a6bb9bbb1122ecc3f16b9fc2b9d5.jpg
TOShKENT, 1-iyun - Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati rasmiylari Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilish va ularni Ukrainani tiklashga o‘tkazish masalasida bir to‘xtamga kela olmadi. Bu haqda “The New York Times” gazetasi xabar berdi.Nashrga ko‘ra, AQSh ma’muriyati Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlarining musodara qilinishi Vashingtonning boshqa davlatlar nazarida “ishonchli sarmoyaviy hamkor” maqomiga putur etkazishidan qo‘rqadi.Qayd etilishicha, Ukrainani qayta tiklash uchun muzlatilgan aktivlarni o‘tkazish haqida e’lon qilayotgan boshqa Yevropa davlatlaridan farqli o‘laroq, Qo‘shma Shtatlar bu masalada “ancha ehtiyotkorroq”.“Rossiya aktivlarini musodara qilish “Katta yettilik” mamlakatlari vakillarining may oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvining asosiy mavzusi bo‘ldi, bu g‘oya Germaniya va Kanada tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Bundan tashqari, o‘tgan hafta Estoniya, Latviya, Litva va Slovakiya Moliya vazirlari Yevropa Ittifoqini muzlatilgan Rossiya aktivlarini Kiyevga o‘tkazishga chaqirishgan. Biroq, Qo‘shma Shtatlar bu masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda”, - deb yozdi NYT.Gazetaning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya aktivlarining faqat bir qismi Qo‘shma Shtatlarda saqlanadi.Avvalroq, Buyuk Britaniyaning “The Guardian” nashri jurnalisti sanksiyalar Yevropaga zarar, Rossiyaga foyda keltirayotganini aytgan edi. Unga ko‘ra, Rossiyani Ukrainadagi maxsus operatsiyani to‘xtatishga majburlash uchun kiritilgan sanksiyalar ochiq-oydin muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/12/24648993_340:0:3071:2048_1920x0_80_0_0_cea5401d3815d93acb308115fe5d5e19.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisodiy urush, dunyoda, aqsh, jo bayden, investitsiya, oltin-valyuta zaxiralari, musodara, markaziy bank, rossiya
iqtisodiy urush, dunyoda, aqsh, jo bayden, investitsiya, oltin-valyuta zaxiralari, musodara, markaziy bank, rossiya
AQSh Rossiya aktivlarini musodara qilish oqibatlaridan qo‘rqadi - OAV
14:15 01.06.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Bayden ma’muriyati agar Vashington Rossiya Markaziy banki aktivlarini musodara qilsa, boshqa davlatlar AQShni “investitsiyalarni saqlaydigan ishonchli mamlakat” sifatida ko‘rmaydi, deb qo‘rqadi.
TOShKENT, 1-iyun - Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati rasmiylari Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilish va ularni Ukrainani tiklashga o‘tkazish masalasida bir to‘xtamga kela olmadi. Bu haqda “The New York Times” gazetasi
xabar berdi. Nashrga ko‘ra, AQSh ma’muriyati Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlarining musodara qilinishi Vashingtonning boshqa davlatlar nazarida “ishonchli sarmoyaviy hamkor” maqomiga putur etkazishidan qo‘rqadi.
“Jo Bayden ma’muriyatining yuqori martabali amaldorlari bu mablag‘larning olib qo‘yilishi noqonuniy bo‘lishi va boshqa mamlakatlarning investitsiyalarni o‘z ichiga olgan davlat sifatida AQShga tayanishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi”, - deya yozadi gazeta.
Qayd etilishicha, Ukrainani qayta tiklash uchun muzlatilgan aktivlarni o‘tkazish haqida e’lon qilayotgan boshqa Yevropa davlatlaridan farqli o‘laroq, Qo‘shma Shtatlar bu masalada “ancha ehtiyotkorroq”.
“Rossiya aktivlarini musodara qilish “Katta yettilik” mamlakatlari vakillarining may oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvining asosiy mavzusi bo‘ldi, bu g‘oya Germaniya va Kanada tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Bundan tashqari, o‘tgan hafta Estoniya, Latviya, Litva va Slovakiya Moliya vazirlari Yevropa Ittifoqini muzlatilgan Rossiya aktivlarini Kiyevga o‘tkazishga chaqirishgan. Biroq, Qo‘shma Shtatlar bu masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda”, - deb yozdi NYT.
AQShning qator rasmiylari “bunday qadamdan so‘ng bir qator davlatlar o‘z aktivlarini boshqa valyutalarga yo‘naltiradi”, deb hisoblamoqda.
Gazetaning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya aktivlarining faqat bir qismi Qo‘shma Shtatlarda saqlanadi.
Avvalroq, Buyuk Britaniyaning “The Guardian” nashri jurnalisti sanksiyalar Yevropaga zarar, Rossiyaga foyda keltirayotganini aytgan edi. Unga ko‘ra, Rossiyani Ukrainadagi maxsus operatsiyani to‘xtatishga majburlash uchun kiritilgan sanksiyalar ochiq-oydin muvaffaqiyatsizlikka uchragan.