Alisher Usmonovga aloqador kompaniya Toshkentda sobiq hukumat mehmonxonasini sotib oldi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishBiznesmen, osnovatel USM Holdings Alisher Usmanov
Biznesmen, osnovatel USM Holdings Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2022
Obuna bo‘lish
Alisher Usmonovga aloqador kompaniya - Torgoviy Dom Metalloinvest Vostok MChJ sobiq hukumat mehmonxonasini sotib oldi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Alisher Usmonovga aloqador kompaniya sobiq hukumat mehmonxonasini sotib oldi.
Poytaxtning Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi mehmonxona majmuasi bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda Torgoviy Dom Metalloinvest Vostok MChJ g‘olib chiqdi.
Torgoviy Dom Metalloinvest Vostok MChJ ta’sischilaridan biri Lebedinskiy kon-qayta ishlash kombinati hisoblanadi. U milliarder Alisher Usmonovning USM xoldingiga kiruvchi “Metalloinvest” tuzilmasi tarkibiga kiradi.
Savdolar E-auksion elektron platformasi orqali amalga oshirildi. Unda jami 5 nafar talabgor qatnashdi.
Mehmonxona majmuasining narxi - 78,75 mlrd so‘m.
Yangiliklar lentasi
0