Zelenskiy Erdog‘anga Putin bilan uchrashish istagini aytdi

CC BY 4.0 / Ofis prezidenta Ukraini / Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy i prezident Tursii Tayip Erdogan
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy i prezident Tursii Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2022
Obuna bo‘lish
Turkiya tashqi ishlar vaziri Chavusho‘g‘li: Zelenskiy Erdog‘anga Putin bilan uchrashish istagini aytdi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an bilan telefon orqali suhbat chog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashmoqchi ekanligini aytdi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li ma’lum qildi.
"Kechagina, muzokaralar chog‘ida Zelenskiy Putin bilan uchrashish istagini bildirdi. Turkiya o‘z intilishlarini davom ettirmoqda", - dedi Chavusho‘g‘li “Anadolu” agentligi muharrirlarining savollariga javob berar ekan.
Shuningdek, Mevlut Chavusho‘g‘li Turkiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilmasligini bildirdi.
8 iyun kuni Sergey Lavrovning Turkiyaga tashrifi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0