https://oz.sputniknews.uz/20220531/sanktsiyalar-evropaga-zarar-rossiyaga-foyda-keltirmoqda---britaniya-oavi-24902599.html
Sanksiyalar Yevropaga zarar, Rossiyaga foyda keltirmoqda - Britaniya OAVi
Sanksiyalar Yevropaga zarar, Rossiyaga foyda keltirmoqda - Britaniya OAVi
Sputnik O‘zbekiston
Britaniya jurnalistiga ko‘ra, Rossiyaga qarshi kriritilgan sanksiyalar dunyo bozorlarida energiya tashuvchilar va oziq-ovqat narxi oshishiga hamda ushbu bozorlarda... 31.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-31T14:14+0500
2022-05-31T14:14+0500
2023-04-05T18:37+0500
dunyoda
sanksiyalar
yevropa
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/0a/14515094_0:27:1600:927_1920x0_80_0_0_aa251c5e8032a8731474aaeb091906af.jpg
TOShKENT, 31-may — Sputnik. G‘arbning Rossiyaga qarshi kiritgan sanksiyalari foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirmoqda. Bu sanksiyalar bekor qilinishi kerak, deydi Britaniyaning “The Guardian” gazetasi jurnalisti Saymon Jenkins. Muallifning qayd etishicha, Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar energiya narxining oshishiga sabab bo‘lgan va bu Yevropa mamlakatlari uchun jiddiy iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, Yevropa davlatlari gaz va neft yetkazib berish uchun Rossiyaga har kuni taxminan 1 milliard dollar to‘lashiga qaramasdan kelasi yili Buyuk Britaniyadagi 6 millionga yaqin xonadon yertalab va kechqurun elektr tokidan uzilib qolishi mumkin, xuddi shunday holat Yevropada ham kuzatilishi ehtimoli bor.Jenkinsning fikricha, Yevropa Ittifoqidagi Rossiyaga qarshi cheklovlar atrofidagi muhokama aslida “macho ritorika”ga aylangan. Hamjamiyatga a’zo davlatlar Rossiya Federatsiyasidan neftga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yangi cheklovlar to‘plamini kelishib olishga harakat qilmoqda, ammo hozircha ular bu masala bo‘yicha yakdil bo‘la olmayapti, chunki Vengriyaning pozitsiyasi ta’minotga bog‘liq.Jurnalistning ta’kidlashicha, dastlab Rossiyani Ukrainadagi maxsus operatsiyani to‘xtatishga majburlash uchun kiritilgan sanksiyalar ochiq-oydin muvaffaqiyatsizlikka uchragan.Bundan tashqari, bir qator Yevropa kompaniyalarining gaz uchun to‘lovni rublda amalga oshirishdan bosh tortishi Rossiya gazining Yevropaga yetkazib berish hajmini yanada qisqartirdi, Shu sababli dunyoda energiya resurslari narxi yanada oshishi mumkin. Bu Rossiya iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir qiladi.Maqolada keltirilishicha, Ukrainadagi voqealar g‘alla narxining oshishiga olib keldi, bu faqat Moskvaning ushbu bozordagi mavqeyini mustahkamlaydi. Oziq-ovqat ta’minotida uzilish esa rivojlanayotgan mamlakatlarda ocharchilikni yuzaga keltirib chiqarishi mumkin. Mazkur holat Yevropa rahbarlarini sanksiyalar siyosatini qayta ko‘rib chiqish haqida o‘ylashga majbur qilishi kerak.Sharh muallifining xulosasiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilishi zarur, chunki ular Yevropa davlatlariga salbiy ta’sir qiladi. Shu bilan birga, Jenkins vaziyatning keng ko‘lamli Yevropa mojarosiga aylanishiga yo‘l qo‘ymasligi kerakligini ham qo‘shimchi qildi.Ma’lumot uchun, 24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass respublikalari rahbarlarining yordam so‘roviga javoban Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishini ma’lum qildi. Shundan so‘ng, AQSh, YeI, Buyuk Britaniya, shuningdek, bir qator boshqa davlatlar Rossiya Federatsiyasiga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalar kiritdi.
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/0a/14515094_151:0:1574:1067_1920x0_80_0_0_6a75c20546804b689f0d545d84565b58.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, sanksiyalar, yevropa, rossiya
dunyoda, sanksiyalar, yevropa, rossiya
Sanksiyalar Yevropaga zarar, Rossiyaga foyda keltirmoqda - Britaniya OAVi
14:14 31.05.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Britaniya jurnalistiga ko‘ra, Rossiyaga qarshi kriritilgan sanksiyalar dunyo bozorlarida energiya tashuvchilar va oziq-ovqat narxi oshishiga hamda ushbu bozorlarda Rossiyaning mavqeyi mustahkamlanishiga olib kelmoqda
TOShKENT, 31-may — Sputnik. G‘arbning Rossiyaga qarshi kiritgan sanksiyalari foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirmoqda. Bu sanksiyalar bekor qilinishi kerak,
deydi Britaniyaning “The Guardian” gazetasi jurnalisti Saymon Jenkins.
“Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni bekor qilishi kerak – ular foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi. Sanksiyalar Rossiyani Ukrainani tark etishga majburlash o‘rniga, oziq-ovqat va energiya narxining osmonga ko‘tarilayotganiga sabab bo‘lmoqda. Bu butun dunyoga katta azob-uqubatlar keltirapti”, - deb yozadi Jenkins maqolasida.
Muallifning qayd etishicha, Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar energiya narxining oshishiga sabab bo‘lgan va bu Yevropa mamlakatlari uchun jiddiy iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, Yevropa davlatlari gaz va neft yetkazib berish uchun Rossiyaga har kuni taxminan 1 milliard dollar to‘lashiga qaramasdan kelasi yili Buyuk Britaniyadagi 6 millionga yaqin xonadon yertalab va kechqurun elektr tokidan uzilib qolishi mumkin, xuddi shunday holat Yevropada ham kuzatilishi ehtimoli bor.
U Germaniya o‘z neftining 12 foizini va gazining 35 foizini Rossiyadan sotib olishini, Vengriyada bu ko‘rsatkichlar ancha yuqori ekanini ham qo‘shimcha qildi.
Jenkinsning fikricha, Yevropa Ittifoqidagi Rossiyaga qarshi cheklovlar atrofidagi muhokama aslida “macho ritorika”ga aylangan. Hamjamiyatga a’zo davlatlar Rossiya Federatsiyasidan neftga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yangi cheklovlar to‘plamini kelishib olishga harakat qilmoqda, ammo hozircha ular bu masala bo‘yicha yakdil bo‘la olmayapti, chunki Vengriyaning pozitsiyasi ta’minotga bog‘liq.
Jurnalistning ta’kidlashicha, dastlab Rossiyani Ukrainadagi maxsus operatsiyani to‘xtatishga majburlash uchun kiritilgan sanksiyalar ochiq-oydin muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Bundan tashqari, bir qator Yevropa kompaniyalarining gaz uchun to‘lovni rublda amalga oshirishdan bosh tortishi Rossiya gazining Yevropaga yetkazib berish hajmini yanada qisqartirdi, Shu sababli dunyoda energiya resurslari narxi yanada oshishi mumkin. Bu Rossiya iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir qiladi.
Maqolada keltirilishicha, Ukrainadagi voqealar g‘alla narxining oshishiga olib keldi, bu faqat Moskvaning ushbu bozordagi mavqeyini mustahkamlaydi. Oziq-ovqat ta’minotida uzilish esa rivojlanayotgan mamlakatlarda ocharchilikni yuzaga keltirib chiqarishi mumkin. Mazkur holat Yevropa rahbarlarini sanksiyalar siyosatini qayta ko‘rib chiqish haqida o‘ylashga majbur qilishi kerak.
Sharh muallifining xulosasiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilishi zarur, chunki ular Yevropa davlatlariga salbiy ta’sir qiladi. Shu bilan birga, Jenkins vaziyatning keng ko‘lamli Yevropa mojarosiga aylanishiga yo‘l qo‘ymasligi kerakligini ham qo‘shimchi qildi.
Ma’lumot uchun, 24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass respublikalari rahbarlarining yordam so‘roviga javoban Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishini ma’lum qildi. Shundan so‘ng, AQSh, YeI, Buyuk Britaniya, shuningdek, bir qator boshqa davlatlar Rossiya Federatsiyasiga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalar kiritdi.