https://oz.sputniknews.uz/20220531/parrandachilik-xojaliklariga-kredit-ajratiladi-24914110.html
Parrandachilik xo‘jaliklariga kredit ajratiladi
Parrandachilik xo‘jaliklariga kredit ajratiladi
Sputnik O‘zbekiston
1 iyundan boshlab parrandachilik xo‘jaliklariga bug‘doy sotib olish uchun 400 milliard so‘m “revolver” kredit ajratiladi.
2022-05-31T19:43+0500
2022-05-31T19:43+0500
2022-05-31T19:43+0500
iqtisod
kredit
parrandachilik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1f/24914026_0:159:3077:1890_1920x0_80_0_0_12ae7919d164862e08f4f412cfee59cb.jpg
TOShKENT, 31-may — Sputnik. 1-iyundan boshlab parrandachilik xo‘jaliklariga bug‘doy sotib olish uchun 400 milliard so‘m “revolver” kredit ajratiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.Yig‘ilishda dunyoda oziq-ovqat bilan bog‘liq cheklovlar va narxlarning o‘sishi kun sayin kuchayayotgani ta’kidlandi. Jahon bozorlarida bug‘doy narxi 50 foizga, o‘simlik yog‘i 33 foizga, shakar 14 foizga, neft 47 foizga oshdi. Bu mamlakatdagi narx-navoga ham ta’sir ko‘rsatayapti.Shu bois yig‘ilishda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, jumladan, parrandachilik va chorvachilikni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama etildi.Ta’kidlanishicha, arzon, to‘yimli va tez yetishtiriladigan mahsulotlar bu parranda go‘shti va tuxumdir. Lekin, ko‘p viloyatlarda parranda go‘shti aholi talabiga yarasha yetishtirilmayapti. Bu yo‘nalishdagi 50 dan ziyod yirik korxona yarim quvvatda ishlamoqda. Ularni ozuqa, jumladan, bug‘doy bilan ta’minlashda qiyinchiliklar mavjud.Bu masalani hal etish uchun aniq chora-tadbirlar belgilandi.Shuningdek, parrandachilik xo‘jaliklariga aylanma mablag‘ uchun beriladigan kredit muddatini uzaytirish taklifi bildirildi.Parranda mahsulotlari bozorini tahlil qilish va loyihalarni to‘g‘ri joylashtirish, ishlab chiqarishdan sotishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.Parranda go‘shti ishlab chiqaruvchilariga qo‘shimcha subsidiya beriladiYig‘ilishda xonaki tovuqlarni kooperatsiya asosida boqish tajribasini kengaytirib, parrandachilik xo‘jaliklarini muayan mahallalarga biriktirish, aholiga parrandachilik bo‘yicha o‘quvlar tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Bunday xo‘jaliklarga har bir mahalla uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari asosida 200 million so‘mdan imtiyozli kreditlar ajratiladi. Ular bu mablag‘ hisobidan aholini jo‘jalar va ozuqa bilan ta’minlaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1f/24914026_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_2eff78065ef72405dfebd7c4777fb2a1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
parrandachilik kredit
Parrandachilik xo‘jaliklariga kredit ajratiladi
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi orqali kredit garovining 50 foiziga kafillik beriladi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. 1-iyundan boshlab parrandachilik xo‘jaliklariga bug‘doy sotib olish uchun 400 milliard so‘m “revolver” kredit ajratiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda
ma’lum qilindi. Yig‘ilishda dunyoda oziq-ovqat bilan bog‘liq cheklovlar va narxlarning o‘sishi kun sayin kuchayayotgani ta’kidlandi. Jahon bozorlarida bug‘doy narxi 50 foizga, o‘simlik yog‘i 33 foizga, shakar 14 foizga, neft 47 foizga oshdi. Bu mamlakatdagi narx-navoga ham ta’sir ko‘rsatayapti.
Shu bois yig‘ilishda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, jumladan, parrandachilik va chorvachilikni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama etildi.
Ta’kidlanishicha, arzon, to‘yimli va tez yetishtiriladigan mahsulotlar bu parranda go‘shti va tuxumdir. Lekin, ko‘p viloyatlarda parranda go‘shti aholi talabiga yarasha yetishtirilmayapti. Bu yo‘nalishdagi 50 dan ziyod yirik korxona yarim quvvatda ishlamoqda. Ularni ozuqa, jumladan, bug‘doy bilan ta’minlashda qiyinchiliklar mavjud.
Bu masalani hal etish uchun aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Xususan, 1-iyundan boshlab parrandachilik xo‘jaliklariga bug‘doy sotib olish uchun 400 milliard so‘m “revolver” kredit ajratiladi. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi orqali kredit garovining 50 foiziga kafillik beriladi va 17 foizidan oshgan qismi kompensatsiya qilinadi.
Shuningdek, parrandachilik xo‘jaliklariga aylanma mablag‘ uchun beriladigan kredit muddatini uzaytirish taklifi bildirildi.
Parranda mahsulotlari bozorini tahlil qilish va loyihalarni to‘g‘ri joylashtirish, ishlab chiqarishdan sotishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda xonaki tovuqlarni kooperatsiya asosida boqish tajribasini kengaytirib, parrandachilik xo‘jaliklarini muayan mahallalarga biriktirish, aholiga parrandachilik bo‘yicha o‘quvlar tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.
Bunday xo‘jaliklarga har bir mahalla uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari asosida 200 million so‘mdan imtiyozli kreditlar ajratiladi. Ular bu mablag‘ hisobidan aholini jo‘jalar va ozuqa bilan ta’minlaydi.