O‘zbekistonda bug‘doy va un narxi pasayadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovLepeshka
Lepeshka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2022
Obuna bo‘lish
Un narxi oshmaydi, biroq poytaxtda “buxanka” non narxi biroz oshadi, deb prognoz qildi Moliya vazirligi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Un va bug‘doy narxi pasayadi. Bu haqda Moliya vazirligi departament boshlig‘i To‘lqin Mirzayev AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning aytishicha, hozir bozorlarda un narxining ko‘tarilishi vaqtinchalik hodisa. Ukrainadagi vaziyat tufayli jahon bozoridagi holat va buning oqibatida import qilinadigan un narxining qimmatligi narxlarning oshishiga sabab bo‘ldi.
Ayni paytda respublikaning o‘z zaxiralari yetarli va yaqin kunlarda bozorda qo‘shimcha 50 ming tonna mahalliy un paydo bo‘ladi. Bu chora narxlarni barqarorlashtirishga yordam beradi, dedi Mirzayev.
U, shuningdek, qolipli non narxining o‘zgarishi kutilayotganini aytdi.
"Un narxini erkinlashtirish raqobat muhitini yaratadi. Narxlar ko‘tarilmaydi, faqat Toshkent shahrida buxanka non narxining o‘zgarishi kutilmoqda. Bozorlarda esa aksincha, narxlarning pasayishi prognoz qilinmoqda”, - dedi Moliya vazirligi vakili.
Yangiliklar lentasi
0